Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Rafael Leau: «Chempionlar ligasi 10 millionli maoshdan muhimroq»

Rafael Leau: «Chempionlar ligasi 10 millionli maoshdan muhimroq»

Baho:
+ | -

«Milan»ning portugaliyalik yetakchisi Rafael Leau maydonda yuqori dribling salohiyati bilan alohida ajralib turadi.

 Endi ma’lum bo‘ldiki, Portugaliya milliy jamoasi vingeri mikrofon qarshisida ham chakki emas ekan. Har holda, Leau GQ Portugal jurna-lis­tlari bilan suhbat jarayonida muloqot madaniyatidan bebahra qolmagani, o‘ziga yarasha so‘z boyligiga egaligini ko‘rsatdi.

Bugungi «Milan»ning istiqboli 

- Menimcha, klub hozir to‘g‘ri yo‘lda. Deylik, CHLdek kuchli turnir yarim finaliga chiqishni uddaladik. Maqsadimiz ham o‘z-o‘zidan tushunarli - o‘sishda davom etish, o‘yin­ga yanada joziba qo‘shish va chinakam kuchli guruhga aylanish. Ishonchim komil, «Milan» yaqin yillarda CHL shohsupasiga ham qaytadi. Ha, hozir o‘z nomimdan gapiryapman, zero, hali yoshman, g‘alabaga intilishim kuchli. Oddiy aytganda, katta ishlarni bajarishni xohlaydigan ishtiyoqli yigitman. Umuman, CHL - har bir futbolchining orzusi. Xullas, «Milan»da yuksaklikka erishish ustida tinimsiz  ishlayapmiz.

Jamoaning yosh tarkibi

- Ha, tarkibdagi aksariyat yigitlar ancha yosh, lekin ko‘pchilik «A» seriyada 50tadan, CHLda esa 20tadan ortiq o‘yin o‘tkazishga ulgurdi. Demak, bizda allaqachon ma’lum darajada tajriba shakllandi. Endi yoshlik shijoati va shu tajribani uyg‘unlashtirgan holda, maydonda samara ko‘rsatsak, bas.

YECHL-2022|23 yarim finali 

- Afsuski, bir qator asosiy futbolchilarimiz jarohat yoki boshqa sabab bilan o‘sha o‘yinlarda ishtirok eta olishmadi. Menimcha, «Milan»­da muqobil variantlar yo‘q edi, qisqasi, «Inter» boy zaxirasi tufayli kuchliroq ko‘rindi. Menimcha, yarim final qarama-qarshiligida ayni shu holat hal qiluvchi omil bo‘ldi.

Saudiya futboliga  talpinishi ehtimoli

- Hayotda hech qachon «Hech qachon» iborasini qo‘llamaslik kerak. Chunki ertaga nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Hozirgi haqiqat shuki, ayni payt o‘zimga maqbul klubdaman. «Milan»da meni juda zo‘r qabul qilishdi, yaxshi ko‘rishadi. Mana, amaldagi shartnomam muddatini uzaytirdim. Agar ketish rejasi bo‘lganida, bunday qilmasdim. Xullas, hozir bor e’tiborim «Milan»ga qaratilgan, keyingi 2-3 yil ichida qandaydir salmoqli natijalarga erishishni istayman. To‘g‘risi, Saudiya Arabistoniga bemalol ketish uchun hali arzirli yutuqlarga erishganim yo‘q. Tan olish kerak, bugungi hayotimizda pulning o‘rni katta. Ammo shaxsan men uchun CHL deylik, 10 million yevroli maoshdan kattaroq ahamiyatga ega.

Musiqa yo‘nalishidagi faoliyati 

- Meni qo‘shiq kuylashga Juzisi va KidRobin ilhomlantirishdi. Ular - bu ishni allaqachon yaxshi uddalagan guruh a’zolari. Biz yoshlikda bitta mahallada birga ulg‘ayganmiz, o‘ziga xos «banda» bo‘lganmiz. Shunday ekan, bolalik do‘stlarimning guruhiga qo‘shilishim tabiiy hol edi. Musiqada odamlar ichidagi dardlarni ifoda etishdan qo‘rqmaslik kerak. Bu yo‘nalishdagi maqsadim ham tayin - jonajon mahallamda yashaydigan, menga qalban yaqin odamlar dilidagi gaplarni baralla kuylash. Yana xonandalarni ma’lum bosqichda to‘xtab qolmaslikka undash. Oddiy aytganda, qo‘shiqchi rolida faqat o‘z haqimda o‘ylamayman. Tan olaman, musiqa olamiga shunchaki, havas bilan bosh suqdim - sevimli mashg‘ulot. Endi esa aytishim mumkinki, bu ham professional ish, chunki hammasini o‘ta jiddiy qabul qila boshladim.

Futbolchi va qo‘shiqchilik faoliyati 

- Jismoniy holatim yaxshi, ikkisiga ham ulguraman. Ha, sahnada nomim hech qachon futboldagi kabi jarangdor eshitilmaydi. Buni yaxshi bilaman. Lekin hayot yo‘limda futbol va musiqa har doim bir-biriga bog‘liq bo‘ladi.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 21:35, 06.10.2023.
O'qildi: 1328 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.