Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Jamshid Saidov: «Qo‘limizda turgan g‘alabani boy berdik»

Jamshid Saidov: «Qo‘limizda turgan g‘alabani boy berdik»

Baho:
+ | -

Superliganing 21-turi doirasida "Bunyodkor" maydonidagi durangdan keyin jamoamiz bosh murabbiyi Jamshid Saidov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Ilk navbatda aytishim kerakki, o‘yinning borishi qiziqarli o‘tdi. Unda biz g‘alabani qo‘ldan chiqardik deb hisoblayman. Yigitlarga katta rahmat aytaman. Ular borini berib, harakat qilishdi. Bugun "Bunyodkor" qanday o‘ynashini bilgandik. Har gal hisobda oldinga chiqib olganimizda, shunday g‘alati gollar qo‘yib yubordik. Hech qisi yo‘q, ishlashda davom etamiz. Shu o‘rinda Navoiydan kelib, bizni qo‘llab turgan muxlislarga rahmat aytaman. Yigitlar har bir uchrashuvda borini berib o‘ynashmoqda. Ulardan ham minnatdorman.

— Birinchi bo‘lim "Qizilqum"ning rejasi ostida o‘tdi va yaxshi himoyalana oldi. Ikkinchi bo‘limda esa jamoa hujumkorlikka ko‘proq e’tibor qaratdi va himoyada bo‘shliqlar paydo bo‘ldi. Bu g‘alabani ko‘proq istash bo‘ldimi?
— Birinchi bo‘limda raqibga imkon bermadik va qarshi hujumlarda o‘ynashga intildik. Ikkinchi bo‘limda "Bunyodkor" ochilishini bilgandik. Balki birinchi o‘tkazib yuborgan golimizda jarima zarbasi bo‘lmagandir. Men shunday hisoblayman. Ikkinchi golda esa xatolar marjoni bo‘ldi. Butun mavsum davomida bunday xato qilmagandik. Umuman olganda raqiblarda ko‘p ham vaziyat bo‘lmadi. Bizda tashabbus ko‘proq bo‘ldi. Ammo yaratgan vaziyatlarimizdan foydalana olmadik. Aytganimdek, biz 3 ochkodan quruq qoldik.

— Ikkita goldagi darvozabonning pozisiyasini qanday baholaysiz? Darvoza chizig‘ida rotasiya qilish vaqti kelgandir.
— Biz qo‘limizda turgan g‘alabani boy berdik. Hozir biror kishini ayblash vaqti emas. Faqatgina hech nima qilmayotgan inson yoki zaxirada bo‘lib turgan futbolchi xato qilmasligi mumkin. Men maydonda xato qilmayman, chunki unda bo‘lmayman. Har bir futbolchida xato bo‘ladi, darvozabonni ayblash shart emas. U yerda bir qancha xatolar bo‘lganini ko‘rdim.

— Rotasiyani ko‘rib chiqasizmi?
— Barchasini ko‘rib chiqyapmiz. Futbolchining holatiga qarash kerak, kimdir yosh, kimningdir tajribasi katta. Hozir kurashishda davom etyapmiz, oxirigacha kurashamiz. Javohir — tajribali posbon, u bilan muammolar bo‘layotgani yo‘q. Hamma xato qiladi. Barchasini vaqt ko‘rsatadi.

— Kuxianidze bugun zaxirada qoldirildi.
— Bugun Vahobov kasal edi, Kuxianidze ham. Hozirgi havoda mashg‘ulot qilgandan keyin shamollab qolish hech gap emas. Futbolda shunday holatlar ham bor.

Manba: https://t.me/PFC_Qizilqum
Kiritildi: 22:14, 06.10.2023.
O'qildi: 1586 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.