"Inter" jamoa hujumchisi Markus Tyuramning ukasi, "Nissa" yarim himoyachisi Kefren Tyuramga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Calciomercato.
Qayd etilishicha, Milan klubi futbolchining shartnomasini 25-30 million yevroga sotib olishni kutmoqda.
22 yoshli fransiyalik futbolchining “Nissa” bilan shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga yetadi. Transfermarkt portali uning narxini 40 million yevroga baholamoqda.
Joriy mavsumda u fransuz klubi safida 6ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning o‘tgan mavsumdagi statistikasi 48 ta o‘yin, 2 ta gol va 8 ta golli uzatmani tashkil etdi.