"Tottenxem" bosh murabbiyi Ange Postekoglou "shporlar" yarim himoyachisi Erik Dayerning kelajagi haqidagi savolga javob berdi.
“Menda Erik yoki boshqa futbolchilar bilan hech qanday muloqot bo‘lmagan. Agar kimdir men bilan kelajagini muhokama qilmoqchi bo‘lsa, bemalol. Lekin sabablar topilmaguncha buni boshlamayman. Hozir meni qiziqtirgan yagona narsa - hamma yaxshi mashg‘ulot o‘tkazishi", - deya murabbiyning so‘zlarini keltiradi Football London.
29 yoshli angliyalikning “shporlar” bilan shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga yetadi.