Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Xanchjou-2022, futbol. O‘zbekiston bronza medaliga sazovor bo‘ldi

Xanchjou-2022, futbol. O‘zbekiston bronza medaliga sazovor bo‘ldi

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi o‘z tarixida ilk marta Osiyo O‘yinlarining bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Temur Kapadze jamoasi 3-o‘rin uchun Gonkongga qarshi o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozondi. Raqib esa birinchi bo‘limni juda yaxshi o‘tkazdi. Hattoki o‘yin boshida darvozamiz tomon bosim o‘tkazib, gollar urishga yaqin kelgandi. Ammo ular vaziyatlardan foydalana olishmadi.

Biz esa birinchi taym so‘ngida hisobni ochdik. Alisher Odilov jarima maydoni chizig‘i ustidan bir raqibni chalg‘itib, chap oyoqda kuchli zarba bilan to‘pni darvoza burchagiga joylab qo‘ydi — 1:0.

Ikkinchi bo‘lim boshida ideal qarshi hujum tashkil qildik. Erkinov-Mahamadjonov-Norchayev kombinasiyasidan keyin Husayn bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi.

Ushbu gol amalda Gonkongni "sindirdi". Keyingi daqiqalarda O‘zbkeiston ancha "ochilib" harakat qila boshladi. Buning natijasida raqib darvozasiga yana ikki marta yo‘l topildi. Norchayev dublga erishgan bo‘lsa, Alibek Davronov yaqin masofadan to‘pni darvozaga burib yubordi — 4:0.

Shu tariqa, O‘zbekiston delegasiyasining medallari soni 67 taga yetdi — 20 oltin, 18 kumush va 29 bronza.

Xanchjou-2022. Futbol. 3-o‘rin uchun o‘yin
O‘ZBEKISTON - GONKONG - 4:0 (1:0)
Gollar: Alisher Odilov (43), Husayn Norchayev (49, 59), Alibek Davronov (74)
O‘zbekiston U-23: 12. Vladimir Nazarov, 2. Saidazamat Mirsaidov (14. Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, 86), 3. Mahmudjon Mahamadjonov, 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 6. Behzod Shamsiyev (4. Shohjahon Sultonmurodov, 86), 7. Hojimat Erkinov, 8. Ibrohim Ibragimov, 11. Otabek Jo‘raqo‘ziyev (10. Jasurbek Jaloliddinov, 69), 18. Alibek Davronov, 19. Husayn Norchayev (9. Ulug‘bek Hoshimov,69), 22. Alisher Odilov (20. Ruslanbek Jiyanov, 69).
Gonkong U-23: 19. Se Ka Ving, 3. Jojo Kristian Aleksander, 4. Li Ngai Xoi, 6. Vu Chun Ming, 9. Orr Metyu Elliot Ving Kai, 10. Sun Ming Xim, 11. Pun Pui Xin, 13. Xan Jahangir, 14. Yu Jesse Joy Yin, 16. Lam Xin Ting, 22. Kang Yi Xang Ellison.
Ogohlantirishlar: Ulug‘bek Hoshimov (80), Vu Chun Ming (86).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:55, 07.10.2023.
O'qildi: 5073 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.