Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Ro‘ziqul Berdiyev: «Bugun «Neftchi»dan ham jismonan, ham taktik jihatdan ustun edik»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Bugun «Neftchi»dan ham jismonan, ham taktik jihatdan ustun edik»

Baho:
+ | -1

Superliga 21-turidan o‘rin olgan «Nasaf» – «Neftchi» (2:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Neftchi» bugungi kunda O‘zbekistondagi eng tartibli himoyalanadigan jamoa sanaladi. Shunga qaramasdan, raqib darvozasiga yo‘l topa oldik. Standart vaziyatlarga e’tibor qaratgan edik. Bugun g‘alabaga shu narsa omil bo‘ldi.

«Neftchi»da bizga qarshi uchrashuvga qadar 12 kun tayyorgarlik uchun vaqt bor edi va o‘yindan oldin bu borada bizda havotir bor edi. Sabib biz 5 kun oldin yana bir og‘ir bahsda ishtirok etgan edik. Ammo, ham jismoniy, ham taktik jihatdan raqibdan ustun edik.

«Nasaf»dagi ko‘plab futbolchilar terma jamoadan taklif olishga munosib. Biz ham ba’zan terma jamoamiz o‘ynaydigan sxemada harakat qilamiz. Amonov hozir yaxshi formada. U maydonda katta hajmdagi ishni amalga oshirmoqda. O‘ylaymanki, terma jamoaga munosib.

Chempionlik? Har bir bahsga g‘alaba uchun chiqaylik. Ba’zan bitta g‘alaba qozonganimizdan so‘ng chempionlik haqida gapiramiz. Yaxshisi, har bir bellashuvga 3 ochko uchun tushish lozim. Shunda chempionlik ham o‘z o‘zidan bo‘ladi”, – dedi Berdiyev.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 22:02, 07.10.2023.
O'qildi: 2730 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик