"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Skott Maktominey o‘ziga xos yutuqga erishdi.
Shotlandiyalik futbolchi o‘z jamoasiga "Brentford" ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonishiga yordam berdi va ikkinchi bo‘limning qo‘shib berilgan vaqtida dubl qayd etdi.
Yarim himoyachi 87-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan bo‘lsa, 93 va 97-daqiqada raqiblar darvozasiga to‘p kiritdi. Opta ma’lumotlariga ko‘ra, MakTominay 2022 yilning yanvaridan beri Angliya Premyer-ligasi o‘yinida 90-daqiqadan keyin ikki marta gol urgan birinchi futbolchi bo‘ldi. Bunga erishgan oxirgi odam o‘sha paytda "Tottenxem"da o‘ynagan Stiven Bergveyn edi - o‘shanda niderlandiyalikning dubli "shporlar"ga "Lester"ni mag‘lub etishga yordam bergan.