"Manchester Yunayted" hujumchisi Rasmus Xoylund jamoasining "Brentford"ga qarshi o‘yindagi muvaffaqiyati haqida fikr bildirdi.
Erik ten Xag shogirdlari 93 va 97-daqiqalarda zaxiradan maydonga tushgan Skott Maktomineyning gollari evaziga 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
"Fergi taym", - deb yozgan Xoylund ijtimoiy tarmoqda "qizil iblislar" o‘tmishda Aleks Fergyuson davrida mashhur bo‘lgan so‘nggi daqiqa uslubiga ishora qilib.
- Muxlislarga iliq kutib olish uchun minnatdorchilik bildiraman. Sizsiz biz buni uddalay olmasdik", - deya qo‘shimcha qildi daniyalik.