Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Ulug‘bek Baqoyev: "Hisob barchasini ko‘rsatib turibdi"

Ulug‘bek Baqoyev: "Hisob barchasini ko‘rsatib turibdi"

Baho:
+ | -

Superliga 21-turida o‘z maydonida “Navbahor”ga mag‘lub bo‘lgan “Buxoro” klubi bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev mag‘lubiyat sabablari haqida gapirdi.

“Hisob barchasini ko‘rsatib turibdi. Raqib bizni har jabhada mag‘lub etdi. Jamoalar orasida farq katta. Daraja, saviya turli xil. Raqibni g‘alaba bilan tabriklayman”, - dedi Baqoyev.

“Gol o‘tkazib yuborgach albatta oldinga yugurdik. Bu raqibga yordam berdi. Bunday jamoaga qarshi bunday o‘ynash qiyin. Tarkibida saviyali o‘yinchilar bor va ular o‘yinni hal etishdi”.

“Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o‘yinni o‘zgartirish uchun tushirilgani tabiiy hol. Ammo, bugun o‘yinni kuchaytira oladigan futbolchilarimiz yo‘q. Yozgi transfer oynasida limit va moddiy imkoniyatlarimizdan kelib chiqib sanoqli futbolchilarnigina jalb etdik. Ammo, bu ligada boshqa jamoalar bilan raqobat qilish uchun kamlik qilayapti”.

“Imkoniyat har doim bo‘lgan. Balki keyingi o‘yinlarda kerakli natijalarga erisha olarmiz. Shu bilan birga jamoa muxlislariga sabr bilan bizni qo‘llab-quvvatlab kelayotganlari uchun rahmat. Bir oy yoki bir yilda jamoa tuzish qiyin. Raqobatbardosh va sovrinli o‘rinlar uchun kurashadigan jamoa bo‘lishi uchun vaqt kerak”.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 02:17, 09.10.2023.
O'qildi: 1327 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик