Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Abbos Fayzullayev «Spartak» - SSKA uchrashuvining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi (video)

Abbos Fayzullayev «Spartak» - SSKA uchrashuvining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi (video)

Baho:
+ | -

Abbos Fayzullayev "Spartak" va "SSKA" jamoalari o‘rtasidagi "Moskva derbisi"ning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Fayzullayev o‘yinda katta ko‘lamdagi ishni amalga oshirdi. Futbolchimiz o‘z driblingi va kreativ harakatlari evaziga nafaqat hujumda doimiy xavf tug‘dirdi, balki o‘yin oxirigacha kollektiv himoyada ham qatnashdi. Balki shuning uchun ham Fedotov o‘yin oxirigacha unga dam berishni xohlamagandir.

Fayzullayevning chiroyli harakatlari, albatta, tahsinga loyiq bo‘lib, bizda individual kuchli vingerlar doimo yetarlicha bo‘lgan. Ammo uni boshqalardan ajratib turadigan jihati - bu uning yuqori intellekti. Buni tushunish uchun futbolchimizning maydondagi to‘psiz harakatlanishiga e’tibor berish kerak.

Fayzullayev taktik jihatdan vinger qilishi kerak bo‘lgan hamma ishni to‘g‘ri qiladi:

- to‘p jamoasida payti qanot bo‘ylab keng ochiladi;

- bo‘sh zonalar yaratish uchun insayd sifatida qanotdan markazga kiradi;

- qarama-qarshi qanotda to‘pga raqib egalik qilayotganda markazga tushadi;

- kollektiv pressing payti har doim raqib o‘ng qanot himoyachisini yopadi.

Ko‘plab hujumkor futbolchilarimiz pressing qilishi kerak bo‘lgan futbolchisini aniq bilishmaydi va eng yaqin futbolchini pressing qilishadi yoki umuman pressingda qatnashishmaydi.

Murabbiylar jurnalist-ekspertlarimiz singari faqat gol va assist sanashmaydi. Abbos o‘zining sermahsul harakatlari yoki chiroyli o‘yini uchun emas, balki yuqori intellekti va mehnatkashligi evaziga "SSKA" deb nomlangan mexanizmning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi.

Manba: @SamvelKarlenich
Kiritildi: 06:47, 09.10.2023.
O'qildi: 16517 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик