Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Sevilya» yangi bosh murabbiy bilan shartnoma imzoladi

«Sevilya» yangi bosh murabbiy bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

Diyego Alonso «Sevilya»ning yangi bosh murabbiyi bo‘ladi.

Jurnalist Sezar Luis Merloning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, 48 yoshli urugvaylik mutaxassis allaqachon Andalusiya klubi bilan shartnoma imzolagan.

Shartnoma 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi va yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatini o‘z ichiga oladi.

Tez orada «Sevilya» Alonsoning tayinlanganini rasman e’lon qilishi kerak. Bu murabbiyning oxirgi ish joyi Urugvay terma jamoasi bo‘lgan.

Qayd etilishicha, «Sevilya» Marselo Galyardoni taklif qilishga uringan, biroq tomonlarning pozisiyalari moliyaviy nuqtayi nazardan bir-biriga mos kelmadi.

Kiritildi: 19:33, 10.10.2023.
O'qildi: 2306 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик