"Ayaks"ning sobiq himoyachisi Ronald de Bur klub rahbariyatining joriy mavsumdagi omadsiz sport natijalariga olib kelgan qarorlarini keskin tanqid qildi.
"Bunchalik ko‘p ikkinchi darajali o‘yinchilarni olib, ular eng yuqori saviyada o‘ynaydi deb o‘ylashning ma’nosi yo‘q. Bu yomon so‘z bo‘lishi mumkin, lekin shokoladni axlatdan yasash mumkin emas. Men vaziyatdan juda xavotirdaman, bu nimaga olib kelishini bilmayman", - deya de Bur so‘zlarini keltiradi Marca.
"Ayaks" Niderlandiya chempionatida olti o‘yindan so‘ng bor-yo‘g‘i 5 ochko bilan 16-o‘rinda bormoqda. Sakkizta uchrashuvdan keyin 24 ochko bilan PSV peshqadamlik qilmoqda