Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini egallab turgan italiyalik mutaxassis Vinchenso Montella Yevropa chempionati-2024 saralash bosqichi doirasidagi Xorvatiyaga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.Turklar 1:0 hisobdagi minimal g‘alabani tantana qilishdi.
"Bu men uchun yaxshi boshlanish. Futbolchilarim bor kuchlarini berib, maydonda bor kuchlarini sarflashdi. Yigitlarni bu natija bilan tabriklamoqchiman", - dedi Montella UYEFA matbuot xizmatiga.
Turkiya 13 ochko jamg‘arib, D guruhida birinchi o‘rinni egallab turibdi.