Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

O‘zbekiston - Vyetnam o‘yini tahlili

O‘zbekiston - Vyetnam o‘yini tahlili

Baho:
+ | -

O‘zbekiston va Vyetnam terma jamoalari o‘rtasidagi nazorat uchrashuvida vyetnamliklar darvozamiz tomon umuman zarba berishmadi. Ya’ni qo‘shib berilgan vaqtlarni hisoblaganda, 95 daqiqa davomida himoyachilarimiz raqib futbolchilariga zarba berish uchun umuman imkoniyat berishmadi.

Ushbu uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasining 22 ta futbolchisi maydonga tushirildi, faqatgina darvozabon Abduvohid Ne’matov keyingi o‘yinga olib qo‘yilgan bo‘lsa ajab emas.

Terma jamoamiz birinchi bo‘limda 3-4-3 (himoyada 5-4-1) taktik sxemasi ostida harakat qilgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda hujumga Bobur Abdiholiqov va Jasur Yaxshiboyevni tushirish orqali 3-5-2 (himoyada 5-3-2) sxemasiga o‘tildi.

Terma jamoamizda har bir pozisiyada raqobat borligi va to‘laqonli 2 ta tarkibning shakllanayotgani odamni xursand qiladi. Faqatgina o‘ng qanot himoyasida Hojiakbar Alijonovga raqobat qila oladigan futbolchi topilmayapti. Alijonov almashtirilgach esa, uning o‘rnida o‘ng qanot vingeri Aziz Turg‘unboyev harakat qildi. Zarur hollarda, Farruh Sayfiyev ham o‘ng qanot himoyasida o‘ynay olishini esdan chiqarmaymiz.

Yosh futbolchilarimiz Abbos Fayzullayevning maydonga tushirilishi hujum chizig‘iga kreativlik olib kelgan bo‘lsa, Husanov va Davronovning qo‘shilishi esa himoyaga xotirjamlik taqdim etdi. Husanovning xuddi "Lans"dagi kabi hujumga yordam berish uchun raqib jarima maydonigacha kelishi e’tiborimizni tortdi.

Vyetnamdan bunday yopiq va himoyaviy futbolni ko‘pchilik kutmagan bo‘lsa kerak. Ba’zi vaziyatlarda raqibimizning maydon markazidan ham o‘tmagani - Osiyo kubogi saralashidagi Shri-Lankaga qarshi o‘yinni eslatib yubordi. Futbolchilarimiz o‘z vaziyatlaridan unumliroq foydalanganda, hisob yanada yirikroq ko‘rinish olgan bo‘lar edi.

Terma jamoamiz o‘yinini Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandar Yankovich stadiondan tomosha qilgan. Futbolchilarimiz Vyetnam darvozasiga kiritilmagan gollarni Xitoy uchun olib qo‘yishgan deb umid qilamiz.

Manba: @SamvelKarlenich
Kiritildi: 22:29, 13.10.2023.
O'qildi: 2482 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.