Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

Messi Paragvay ustidan qozonilgan g‘alabaga munosabat bildirdi

Messi Paragvay ustidan qozonilgan g‘alabaga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi yetakchisi Lionel Messi JCH-2026 saralashi doirasidagi Paragvay ustidan qozonilgan g‘alaba haqida gapirdi. Amaldagi Jahon chempionlari Nikolas Otamendining goli evaziga 1:0 hisobida zafar quchdi.

"Maydonga tushganimdan xursandman. Bunday keskin o‘yinda zaxiradan maydonga tushish oson emas. Muhimi, g‘alaba qozona oldik. Jamoa ayniqsa uchrashuvning birinchi yarmida yaxshi o‘yin ko‘rsatdi" - dedi 36 yoshli hujumchi ESPN nashriga bergan intervyusida.

Argentina terma jamoasining navbatdagi o‘yini Peru terma jamoasiga qarshi bo‘ladi. Uchrashuv 18 oktyabrga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 10:42, 14.10.2023.
O'qildi: 1500 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик