Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann yarim himoyachi Jamol Musialaning kelasi yozda bo‘lib o‘tadigan Yevro-2024 o‘yinlaridan umidlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Musiala Yevro-2024da katta rol o‘ynaydi. Muxlislarning umidlari unga salbiy ta’sir qilmasligi kerak, aksincha, g‘ururlanishi kerak. U ko‘cha futbolchisi genini saqlab qolishi kerak", - dedi Nagelsmann matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, Nagelsmann Myunxenning "Bavariya" klubini boshqarganidan Musialani yaxshi biladi. Jamol Bundesliganing joriy mavsumida to‘rtta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.