Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Vinisius: "Benzema menga ko‘p narsani o‘rgatdi"

Vinisius: "Benzema menga ko‘p narsani o‘rgatdi"

Baho:
+ | -

"Real Madrid" vingeri Vinisius Junior o‘tgan yozda "Qirollik klubi"ni tark etib, erkin agent sifatida "Al-Ittihod"ga o‘tgan hujumchi Karim Benzema uning faoliyatiga qanday ta’sir qilgani haqida gapirib berdi.

"Benzema menga maydonda ham, undan tashqarida ham ko‘p narsani o‘rgatdi. U har doim menga haqiqatni aytdi. Bu meni doimo diqqatimni jamlashga majbur qildi. Men dam olayotganimda Karimning jahli chiqib ketardi. U tarixdagi eng yaxshilaridan biri. Bir kuni Benzema menga shunday degandi: "Agar sen 30 ta gol ura olsang, shuncha ko‘p gol urishing kerak, 29 ta haqida o‘ylamaslik kerak", - dedi Vinisius L’Equipe bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, Vinisius joriy mavsum Ispaniya chempionatida ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:00, 14.10.2023.
O'qildi: 1839 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик