Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

Himoyadagi muammolarning "Manchester Siti" o‘yinlariga ta’siri

Himoyadagi muammolarning "Manchester Siti" o‘yinlariga ta’siri

Baho:
+ | -

"Shaharliklar" APL 8-turi marzkaziy bahsida asosiy raqobatchi hisoblangan "Arsenal"ga yutqazdi (0:1) va FIFA kunlari oldidan turnir jadvalidagi yetakchiligini boy berdi. Gvardiola shogirdlari Premyer ligada ketma-ket ikkita o‘yinda mag‘lubiyat alamini tortdi. Liga Kubogida esa "Nyukasl"ga mag‘lub bo‘lib turnirni erta tark etdi. Klubning samarali o‘tkazayotgan yagona turniri YECHL. Hozircha, "Srvena Zvezda" va "Leypsig" bir xil 3:1 hisobida mag‘lub etildi.

Xo‘sh, Angliyada Gvardiola jamoasiga nima bo‘lyapti? Tizim inqirozimi yoki tasodifmi?

Rodrining yo‘qligi jamoaga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi

Klub Rodri o‘ynagan barcha o‘yinlarda g‘alaba qozondi va aksincha, u maydonga tushmagan o‘yinlarda mag‘lub bo‘ldi. Bu shunchaki tasodif emas.

Rodri - Gvardiolaning karuselidagi aylanish o‘qi, uning atrofida jamoaning qolgan qismi harakatlanadi. "Shaharliklar"ning muvaffaqiyatsizligi aynan ispaniyalikning diskvalivikasiyasi bilan boshlandi: avvaliga "Nyukasl"ga yutqazib Liga Kubogidan chiqib ketdi va "Arsenal"ga minimal hisobdagi mag‘lubiyat. Mazkur uchrashuvlar oralig‘ida YEVL doirasida "Leypsig"ga qarshi o‘yin bo‘lib o‘tdi va unda Gvardiola jamoasi g‘alaba qozondi (3:1). O‘sha bahsda Rodri to‘liq 90 daqiqa maydonda harakatlandi.

Pepning muammosi shundaki, u Rodrisiz o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rmagan. Rodri 2019 yilda Tumanli Albionga ko‘chib o‘tganidan so‘ng, darhol klubning ajrarmas futbolchisiga aylandi. Himoyada ham yarim himoyada ham o‘zini ko‘rsatish uchun vaqt uncha ko‘p vaqt kerak bo‘lmadi. Gvardiolanig talablariga to‘liq mos keldi.

Premyer Ligadagi ketma-ket ikki mag‘lubiyat, "Siti" uchun bu kutilmagan holat

Gvardiola 2016 yildan beri "Siti"ni boshqarib kelmoqda va APLdagi faoliyati davomida ikkinchi marta bunday holat yuz berdi. Birinchisi, ilk mavsumda dastlab "Chelsi"ga so‘ngra, "Lester"ga imkoniyat boy berilgan.

2018/19 yilgi mavsumda ham Pep jamoasi dekabr oyida "Kristal Pelas" va "Lester"ga safar o‘yinlarida mag‘lub bo‘lgandi. Ammo bu mag‘lubiyatlar turnir jadvalidagi o‘rniga ta’sir qilmagan.

Aslini olganda "Manchester Siti" 2020/21 va 2021/22 yilgi mavsumlarni bu mavsumdagidanda yomonroq boshlagan, ammo APL chempioniga aylangan.

Keyingi rejalar qanday?

Premyer Ligadagi ikki ketma-ket omadsizlikdan so‘ng ham Gvardiola shogirdlarini favoritlar safidan chiqarmaslik kerak.

Chuqurroq o‘ylab qaralganda, har ikki bahsda "Siti" yomon o‘ynamadi, vaziyatlar maksimal darajada yaratildi, ammo so‘nggi daqiqalarda o‘tkazib yuborilgan gollar jamoaning zarariga ishladi.

Gvardiola davrida "Arsenal"ga ilk marta mag‘lub bo‘lindi. Bungacha, 2015 yilda London klubi buni uddalagandi. O‘shanda "Arsenal" murabbiyi Venger edi.

Oldinda "shaharliklar"ni 3 qiyinroq bahslar kutib turibdi. Dastlab, APLda "Brayton", keyin YECHLda "Yang Boyz" va yana APLda derbi "Manchester Yunayted"ga qarshi.

"Hammada kamchilik bo‘ladi va biz keyingi bahslarda yetakchilar bilan yaxshiroq o‘ynab, g‘alaba qozonamiz", - dedi Gvardiola.

Manba: sportexpress
Kiritildi: 21:59, 14.10.2023.
O'qildi: 2234 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.