Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

Xoland ham charchaydi

Xoland ham charchaydi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xolandga e’tibor qaratsak, bu futbolchi po‘latdan yasalgandek tuyuladi. Ammo baribir, Haaland, barcha odamlar singari, zaif tomonlarga ham ega. Ligadagi ketma-ket uch o‘yin ham shundan dalolat beradi. Shu holatda norvegiyalik Yevro-2024 saralash bahsida Ispaniyaga xavf tug‘dirishga harakat qiladi.

Avvalroq Xoland 2024 yilgi Yevropa chempionati saralashi doirasida Kiprga qarshi o‘yinda golsiz seriyasini yakunlagan edi. Norvegiyalik 4:0 hisobida g‘alaba qozonilgan bahsda dubl qayd etdi. Ispaniyaliklarni forvardning termadagi statistikasi cho‘chitib yuborishi mumkin - 27 uchrashuv, 27 gol. Payshanba kuni u uchta o‘yindan iborat golsiz seriyasini buzdi. Shunday bo‘lsada, u kichik inqirozni boshdan kechirmoqda.

Yaxshiroq o‘ynasang - ko‘proq bosim olasan

Kiprga qarshi g‘alabali o‘yindan so‘ng, Xoland e’tirof va bosim mavzusiga oid fikrlar bildirdi. Forvard uning ismini doim eshitishlaridan, diqqat markazida bo‘lishdan biroz charchaganini aytdi va bu to‘g‘ri, u duchor bo‘layotgan bosim, ehtimol, asossizdir. Ikkita, uch yoki sakkizta o‘yin o‘ynaysizmi, bosim hali ham saqlanib qoladi va ehtimol u kuchayadi.

Xoland Kipr ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida: «Ba’zida bunday stress va ismimni tilga olaverishlaridan charchayman», – degandi.

Jahon rekordchisi

Norvegiyalik haqida qiziqarli fakt International Age Records portali jurnalistlari tomonidan topildi. Portal ma’lumotlariga ko‘ra, Xoland besh yoshli bolalar o‘rtasida tik sakrash bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. Uning rekordi - 1,63 metr. Bu yutuq hamon «Manchester Siti» hujumchisiga tegishli va bu Xolandning jahon futbolidagi figurasi har doim yorqin bo‘lishini ko‘rsatadi.

Terma umidi

Norvegiya odatda qishki sport turlari bilan mashhur, ammo futbol bilan qandaydir tarzda maxsus shug‘ullanishmaydi. Lekin ba’zida jamoada katta nomlar paydo bo‘ladi: Ole-Gunnar Sulsher, Martin Edegor va boshqalar. Ammo ularning barchasi turli avlodlarda o‘ynashgan. Norvegiyaliklarni kuchli jamoa deb bo‘lmaydi, aksincha, bir nechta o‘yinchilar tarkibdan alohida ajralib turadi. Hozir norveglar uchun saralash yakunlanishiga 3 ta tur qoldi. 15 oktyabr kuni jamoa Ispaniya bilan mehmonda, dekabrda esa Farer orollari va Shotlandiyaga qarshi ikkita o‘yin o‘tkazadi. O‘rinlar taqsimotini hisobga olsak, Norvegiyaning imkoniyatlari yaxshi. Ispaniya bilan durang o‘ynab, keyin qolgan o‘yinlarda g‘alaba qozonish muhim. Katta ehtimol bilan hammasi Xolandning formasiga bog‘liq.

Kiritildi: 13:48, 15.10.2023.
O'qildi: 1482 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.