Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Mbappe «PSJ»dagi bosimga dosh bera olmayapti

Mbappe «PSJ»dagi bosimga dosh bera olmayapti

Baho:
+ | -

Kilian Mbappe Fransiya terma jamoasiga «PSJ»dagi gol qurg‘oqchiligi mavsumidan keldi, biroq dubli bilan terma jamoani Yevroga olib chiqdi.

Quyida bu qanday sodir bo‘lganini tushunishga harakat qilamiz.

«PSJ»da gol qurg‘oqchiligi, lekin terma jamoa uchun gollar

Kilian Mbappe «PSJ» safida qatorasiga to‘rtta o‘yinda gol ura olmadi - u klub uchun oxirgi marta 19 sentyabr kuni Chempionlar ligasi doirasida Dortmundning «Borussiya»si bilan o‘yinda penaltini aniq amalga oshirib gol urgan edi. Shundan so‘ng Mbappega omad kulib boqmadi. Fransiya 1-ligasida forvard «Marsel» bilan o‘yinda (ammo o‘sha uchrashuvda u atigi 32 daqiqa o‘ynadi), shuningdek, «Klermon» va «Renn» bilan o‘yinlarda gol ura olmadi. Qolaversa, Mbappe «Nyukasl» bilan o‘yinda ham golsizlikdan aziyat chekdi.

Biroq Fransiya terma jamoasida forvard ishtahasi yaxshi ekanini ko‘rsatdi. Gollandiya mehmoni bo‘lgan fransuzlar safida Mbappe Klaus va Rabyoning uzatmalarini aniq zarbaga aylantirdi. Bu gollar «uch ranglilar»ga nafaqat g‘alaba, balki bo‘lajak qit’a chempionatiga yo‘llanmani ham keltirdi.

Mbappe «PSJ»dagi asosiy yulduzlik maqomiga dosh bera olmayaptimi?

Joriy mavsumda Mbappe nihoyat o‘zi uzoq vaqtdan beri orzu qilgan «PSJ»sida asosiy yulduz maqomini oldi. Yozda Lionel Messi jamoani tark etdi, uning kelishi tufayli ikki yil oldin fransiyalik deyarli hamma bilan janjallashib qolgandi. Oradan biroz vaqt o‘tib Mbappe bilan janjallashib qolgan Neymar ham ketdi. Shundan so‘ng yulduzlar uchligidan faqat fransuz qoldi.

Usmon Dembele, Randal Kolo-Muani, Marko Asensio, Gonsalu Ramush ham yorqin o‘yinchilar, ammo ularning mavqeyi yangi sheriginikidan jiddiy ravishda pastroq. Qolaversa, «PSJ» Mbappega sherik sifatida daraja jihatdan o‘ziga mos keladigan futbolchilarni tanlab oldi. Endi fransuzning hujumda tez yugura oladigan sheriklari bor.

Biroq, Mbappe kutilmaganda yangi maqomga to‘liq tayyor emasligi ma’lum bo‘ldi, degan fikrlar yuzaga keldi. Endi «PSJ» o‘yinida ma’lum bir inqiroz bor va aynan fransuz jamoani qiyin davrda sudrab olib yurishi kerak edi. Biroq Mbappe bunga dosh bera olmadi. Shu ma’noda unga terma jamoada ancha oson, chunki u terma jamoaning asosiy yulduzi bo‘lsada, yagona lider emas.

Bu pozisiya masalasimi?

«PSJ»da Luis Enrike xohlagan to‘pga egalik qilish usuli hali ko‘p vaqtni talab etadi, ammo hujum harakatlariga urg‘u berilmaydi.

Enrike qo‘l ostida Mbappe tez-tez hujum markaziga yaqinroq o‘ynadi, u yerda o‘zini juda ishonchli his qilmayapti. Chap qanot hujumchisi sifatida u so‘nggi yillarda dunyoning eng muvaffaqiyatli o‘yinchilaridan biriga aylandi va top yulduz maqomiga erishdi. Aynan shu rolda Desham undan foydalanishda davom etmoqda. Biroq ispaniyalik murabbiy Mbappeni biroz boshqacharoq rolda ko‘rishni istayapti va bu unchalik yaxshi samara bermayapti, buni oxirgi o‘yinlar ko‘rsatmoqda.

PSJ Mbappe bilan nima qilishi kerak?

Umuman olganda, Mbappening «PSJ» uchun yuzaga keltiradigan muammosi kengroq. Luis Enrike yangi jamoa tuzmoqda va buni asosiy yulduz atrofida qilish mantiqan to‘g‘ri keladi. Biroq Mbappe kelasi yozda tugaydigan shartnomasi bilan jamoaga katta yordam bera olmaydi, unda buning uchun motivasiya ham yo‘q. Ya’ni, jamoa unga bog‘liq bo‘lib turgan holatda Enrikening forvardga umid qilishidan foyda yo‘q.

Boshqa tomondan, Enrike o‘zidan oldingilarning faoliyati Parijda qanday yakunlanganini eslashi kerak. Bu yerda Chempionlar ligasi pley-off bosqichidagi muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng murabbiylar tezda ishdan bo‘shatiladi. Enrike hozirgi tajribalari jamoani guruhdan olib chiqa olmasligi mumkin. Bunday vaziyatda Enrike Mbappe o‘zini har tomonlama qulay his qilishi uchun vaziyat yaratib berishi kerak, Kilian o‘zining maksimal o‘yini bilan ispaniyalikning ishini saqlab qoladi.

Kiritildi: 16:09, 15.10.2023.
O'qildi: 4775 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.