Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

O‘zPFL Jahon ligalari forumida o‘z taqdimotini namoyish etdi

O‘zPFL Jahon ligalari forumida o‘z taqdimotini namoyish etdi

Baho:
+ | -

Dunyoning 45 ta yetakchi futbol ligalarini o‘zida jamlagan Jahon professional futbol ligalari assosiasiyasining (WLF) 2023 yilgi umumiy yig‘ilishiga Ekstraklasa (Polsha ligasi) mezbonlik qildi. Unda Liga bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev hamda Klublarni lisenziyalash va xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Zoxirjon Akramxonov ishtirok etdi.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi mazkur tashkilotga 2022-yilda rasman qabul qilingandi. Shundan kelib chiqib, WLF bosh kotibi Jerom Perlemuter O‘zPFL a’zolariga mamlakat ichki chempionati masalasida taqdimot o‘tkazish taklifini berdi. Bu bizga barcha a’zo ligalar rahbarlari hamda mutaxassislari ko‘z o‘ngida O‘zbekiston hamda uning futboli haqida taqdimot tashkil etish imkoniyatini yaratdi. Shu asosda WLF mutaxassislari tomonidan tayyorlangan va yetakchi ligalar faoliyati, statistikalari hamda boshqa detallarini o‘z ichiga olgan yillik sarhisobdan O‘zPFL ham ilk marta joy oldi.

Quvonarli tomoni, taqdimot tashkilotning qolgan a’zolari tomonidan iliq qarshi olindi. Jumladan, AQSH, Angliya, Avstraliya, Belgiya, Polsha, Qatar, Latviya, Turkiya kabi ligalar rahbarlari forumdan keyin taqdimot yuzasidan o‘zlarining ijobiy fikrlarini alohida bildirib o‘tdi. Shuningdek, O‘zPFL tomonidan 2023 yildan boshlab yo‘lga qo‘yilgan futbolchilar lisenziyasi vazifasini bajaruvchi mikrochiplar hamda uchrashuv qaydnomalarini ikki daqiqa ichida to‘ldirish imkonini beruvchi onlayn platformaga yuqori baho berildi.

Endilikda Ligamiz WLF tarkibiga kiruvchi ligalarning teng huquqli hamkori hisoblanadi. Bu holat biz uchun dunyoning istalgan TOP ligalari va klublari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik qilish uchun yo‘l ochadi. Yaqin kelajakda marketing, teletranslyasiyalar, muxlislar bilan ishlash kabi masalalarda qator seminar va uchrashuvlar tashkil etish rejalari ishlab chiqiladi.

Ma’lumot uchun, mazkur yig‘ilishda O‘zbekistondan tashqari FIFA, IFAB, FIFPro Yevropa klublari assosiasiyasi, UYEFA va Jahon mehnat tashkiloti vakillari, shuningdek, Polsha, Shvesiya hamda AQSH ligalari vakillarining ham taqdimot va chiqishlari bo‘lib o‘tdi.

Kiritildi: 17:21, 16.10.2023.
O'qildi: 1470 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик