Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Qoyilmaqom Bundesstart

Qoyilmaqom Bundesstart

Baho:
+ | -

«Shtutgart» hujumchisi Seri Girassi Bundesliganing dastlabki 5ta turida 10ta gol urdi.

 Startda Erling Xoland, Garri Keyn va Kilian Mbappe kabi to‘purarlar ham bunday mahsuldordik ko‘rsatishgani yo‘q. Deylik, Germaniya chempionatida o‘zini suvdagi baliq kabi erkin his qilayotgan Garri Keyn 5ta turda «Gol+pas» tizimi bo‘yicha 10 ball ishladi (7ta gol va 3ta assist). Kamtarin «Shtutgart»­ning gvineyalik 27 yoshli hujumchisi Seru Girassi esa shuncha ochkoni faqat gol bo‘g‘ini orqali to‘pladi. U shuning barobarida dastlabki 5ta turda o‘z hisobiga 1ta samarali uzatma ham yozdirib qo‘ydi.

Girassi fenomeni

Ha, Yevropaning kuchli 5ta chempionati dastlabki 5ta turida Seru Girassi hammadan ko‘p gol urdi. Qolaversa, gveniyalik hujumchi 10ta golini ham o‘yin holatidan nishonladi. Deylik, Erling Xoland va Viktor Bonifase bu vaqtda 1tadan gollarini penalti orqali urishdi (Xoland yana biridan foydalanolmadi). Garri Keyn va Kilian Mbappe esa penalti vositasida darvozabonlarni 2 martadan dog‘da qoldirishdi. Shu jihatdan olsak, Girassining gol urish fenomeni yanada ta’sirchan ko‘rinadi. Har holda, penaltisiz hisoblaganda, yevrostartda Serudan tashqari, faqat Xoland 5tadan ko‘p gol urdi (7ta). Umuman, «Shtutgart» 5ta turda penalti tepish huquqiga ega bo‘lgani yo‘q. Girassi o‘tgan mavsumning asosiy qismida 2ta penaltidan 2ta gol urgandi (to‘g‘ri, u «Gamburg»ga qarshi kechgan «pley-off» bahsida bunday imkoniyatni ko‘kka sovurdi). «Shtutgart»da aynan Seru asosiy penaltichi hisoblanadi, har holda, u maydonda bo‘lmagan vaqtdagina boshqalar «nuqta»ga yaqinlashishdi avvalgi mavsum. Demak, shtatli penaltichi maqomi unga hali qo‘l kelishini taxmin qilish mumkin. Fakt shuki, Girassining startdagi gol tug‘yoni penaltilar bilan bog‘liq emas - gvineyalik shunchaki, imkoniyatlardan samaraliroq foydalandi. Buni statistik ma’lumotlar ham tasdiqlamoqda. U haqiqiy va kutilgan gollar o‘rtasidagi eng katta farqga ega.

5ta tur yakuni bo‘yicha +5,7 - bu aql bovar qilmas ko‘rsatkich. Girassi ancha sovuqqon harakatlanmoqda, shuningdek, omadning ulushi ham bor, albatta. Lekin gvineyalik hujumchi fenomenini birgina omadning o‘zi bilan izohlash mutlaqo noto‘g‘ri. Inchunin, Girassiga tegishli 4,3 xG ko‘rsatkichi ham Yevropa bo‘yicha eng yaxshilaridan biridir. Bu Seru vaziyat topishda ham chakki emasligidan dalolat bermoqda. Asosiysi, Girassi imkoniyatdan deyarli ideal darajada samara chiqarmoqda. Xullas, muhim fakt: «Shtutgart» vakili 5ta tur yakuni bo‘yicha hammadan ko‘p gol urish barobarida realizasiya masalasida eng yuqori natijaga erishdi. Shuningdek, unda vaziyatlar soni hayratlanarli, masalan, Keyn yoki Levandovskinidan ko‘p. O‘z o‘rnida Girassi «Shtutgart»da o‘ynayotgani, bu klubda imkon yaratish «Bavariya» yoki «Barselona»dagidan ancha qiyin ekanligini unutmaslik kerak.

Barqaror o‘sish

Seruning butun faoliyati Fransiya («Laval», «Lill», «Oser», «Amyen», «Renn») va Germaniya («Kyoln», «Shtutgart») chempionatlariga bog‘liq. U vaqtida Fransiya yoshlar termasida o‘ynadi, kattalar futbolida ham chakki start olmadi: mavsum-2014/2015da «Laval» uchun Liga 2da 6ta gol urdi. Faqat jamoasi elitaga chiqolmadi. Gvineyalik shundan so‘ng «Lill»ga o‘tdi, lekin o‘zini uncha ko‘rsatolmadi, «Kyoln»­da esa ko‘p marta jarohatlandi. Qahramonimiz mavsum-2019/2020ga kelibgina deyarli 10ta gol urdi. Ya’ni kamtarin «Amyen»da nihoyat, to‘purarlik fazilatlarining ilk nishonalarini namoyon qildi. 2019/2020 yillar mavsumi pandemiya tufayli 28-tur yakunida «muzlatilgan» payt «Amyen» Liga 1dan tushib ketish zonasida turgandi. Shu tariqa kamtarin jamoa elita bilan xayrlashdi va hali-hamon qaytmadi. Girassi esa quyiga tushmadi - uni CHLga chiqqan «Renn» 15 million yevroga sotib oldi. Seru yangi jamoada ham 10ta gol darajasini saqlab qoldi, ammo rennliklar undan ko‘prog‘ini kutishgandi. Shuning uchunmi, 2022 yilning yozida futbolchini «Shtutgart»ga yuborishdi - ijara. Gveniyalik Germaniyada so‘nggi bir necha yil ichida birinchi marta jiddiy jarohatga yo‘liqdi va deyarli 2 oy «dam» oldi. Shunga qaramay, mavsumi munosib yakunladi, baribir. Ya’ni 11ta gol bilan «Shtutgart»ning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi, vaholanki, atigi 18ta o‘yinda to‘liq vaqt to‘p surgandi.

Agar Girassida salomatlik bo‘yicha muammo tug‘ilmaganida, «Shtutgart» ehtimolki, «pley-off»da o‘ynashga majbur bo‘lmasmidi? Lekin «hayot-mamot» jangida hech qanday qo‘rqinchli hodisa kuzatilmadi - «Shtutgart» raqibi «Gamburg»ni 6:1 hisobida yengdi, Girassi 1tadan gol va assist qayd etdi. Natijada Germaniya klubi yozda Girassi transferi uchun «Renn»ga 9 million yevro to‘ladi. Eng qiziq tomoni, xarid rasmiylashtirilgach, «Vest Xem» va «Fulxem» klublari «Shtutgart»­ga jiddiy takliflar bilan chiqdi, ammo nemislar gveniyalikni sotishdan bosh tortishdi. Aftidan, APL klublari keyingi yozda ham «Shtutgart» ofisi eshigini yana taqillatishi mumkin, faqat endi taklif salmog‘i keskin oshishi kerak. Bild xabarida aytilishicha, hozirda gveniya­likning shartnomasida ko‘rsatilgan tovon puli 20 million yevroga teng. Balki APLdan kuchliroq va boyroq xaridor ham o‘rtaga tushar hali. Umuman, Girassi faoliyati davomida barqaror ravishda yaqqol o‘sdi. U boshida gol urish instinktidan xoli «simyog‘och» va oddiy mehnatkash yigitdek taassurot qoldirgandi. Endi esa pozisiya tanlash, «ochilish», zarba yo‘llash kabi jihatlar bo‘yicha o‘sdi, o‘yin sifatini keskin oshirdi. 

 A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 19:16, 16.10.2023.
O'qildi: 1163 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.