Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

«Liverpul» va noqulay shanbalar

«Liverpul» va noqulay shanbalar

Baho:
+ | -

Klopp «Liverpul» futbolchilarining terma jamoaga jalb etilganidan keyin ligada shanba kuni tushlik payti o‘yinlarning tez-tez o‘tkazilishidan g‘azabda. Bu haqiqatga yaqinmi yoki
shubhalimi?

Xalqaro tanaffus hali yakuniga yetgani yo‘q, ammo Angliya Premyer-ligasi navbatdagi taqvimni o‘zi uchun belgilab qo‘ygan. Yurgen Kloppning noroziligiga ko‘ra, «Liverpul» tur doirasida o‘z o‘yinini shanba kuni soat 12:30da o‘tkazadi.

Ular 21 oktyabr kuni «Enfild»da «Everton»ga qarshi o‘ynaydi, 25 noyabr kuni esa «Etihad»da «Man Siti»ga safar qiladi. Dastlab o‘yin shanba oqshomiga rejalashtirilgan edi, biroq Manchester rahbariyati xavfsizlik nuqtayi nazaridan so‘rovni tushuntirib, uni ko‘chirish va ertaroq o‘ynashni so‘radi.

Sentyabrdagi tanaffuslardan beri Klopp 12:30dagi o‘yinlardan juda ham norozi bo‘ldi. «Mart oyidan beri taqvimimiz bo‘yicha terma jamoalar o‘yinlari uchun to‘rtta tanaffusga ega bo‘ldik. Ulardan ikkitasida soat 12:30da albatta o‘yin o‘tkazdik. Agar men bu haqda gapira boshlasam, ular yana oddiy shikoyatga yo‘yishadi. Ammo bu shunchaki kulgili! Janubiy Amerikadan hali kelmagan to‘rt nafar futbolchim bor. O‘yinga esa ko‘p vaqt qolmadi, - dedi «Liverpul» ustozi «bo‘rilar» bilan o‘yin oldidan g‘azablangan holda.

Yurgen yana norozilik bildiryaptimi? Aslida, statistika unga bu huquqni beradi. «Liverpul» boshqalarga qaraganda shanba kunidagi tushlik paytlari ko‘proq o‘ynagan.  Albatta, Angliyada hamma narsa allaqachon hisoblab chiqilgan. «Liverpul» turning ilk qarama-qarshiliklariga hammadan ko‘p tushib qoldi: ketma-ket to‘rtta o‘yin.

1 aprel – «Manchester Siti» – 1:4 (safarda)

16 sentyabr - «Vulverxempton» - 3:1 (safarda) g‘alaba qozondi

21 oktyabr - «Everton» - (uy)

25 noyabr – «Manchester Siti» – (safarda).

Biz besh yillik muddatni oldik. O‘sha vaqt ichida 22 ta turli doiradagi xalqaro tanaffuslar yuzaga keldi - va «Liverpul» o‘sha vaqtdan beri shanba kuni soat 12:30 da eng ko‘p o‘ynadi. Yurgen Klopp jamoasi boshqalarga qaraganda ko‘proq aziyat chekdi. Premyer-ligadagi eng yaqin raqiblaridan ikki baravar ko‘p qiynaldi. «Manchester Siti» ham bu vaqt ichida to‘rtta noqulay o‘yin o‘tkazdi. Bu to‘rttadan uchtasi «Liverpul»ga qarshi sodir bo‘lgan va uchtasi ham uyda.

O‘zi umuman, «Liverpul» xalqaro tanaffuslardan so‘ng 12 ta holatdan sakkiztasida shanba kuni tushlikda o‘yin o‘tkazadi.

Erta o‘ynashda qanday muammo bor?

«12:30 da o‘ynashning muammosi nima? Balki tushlik bo‘lgani uchundir? Yoki o‘yinlar orasidagi qisqa tanaffusmi? Yoki o‘yinchilarim o‘yinlarga qanday yetib borishlari kerakligidami? Variantlardan birini tanlab olavering», - dedi Klopp matbuot anjumanida.

● Sentyabr oyida «Vulverxempton»ga qarshi o‘yin uchun «Liverpul»ning to‘rt nafar futbolchisi o‘z terma jamoalaridan Atlantika bo‘ylab uchib ketishdi: Darvin Nunyes (Urugvay), Aleksis Makallister (Argentina), Alisson (Braziliya) va Luis Dias (Kolumbiya).

To‘rttadan faqat Alisson va Makallister «bo‘rilar»ga qarshi maydonga tushish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Argentinalik futbolchi jamoa uchun eng yomon o‘yinni o‘tkazdi, Klopp tanaffusda uni almashtirdi va charchagan futbolchini maydonga qo‘yib yuborish behuda ekanligini tan oldi.

● «Oddiy haftalarda soat 12:30da o‘ynash muammo emas, deb tushuntiradi Klopp. - U yerda sozlanishingiz mumkin. Asosiy muammo - tiklanish uchun vaqt yo‘qligida».

The Athletic nashrining yozishicha, futbolchilar shanba kungi o‘yinni kun tartibi buzilgani uchun yoqtirmaydilar – ular nonushta uchun tushlik taomlarini yeyishga majbur. Balki Buenos-Ayresdan Liverpulgacha bo‘lgan 16 soatlik parvoz ham o‘yinga munosib tayyorgarlik ko‘rishga vaqt bermayapti. Bu hammaga ta’sir qiladi.

● Klopp shanba kungi taqvimlarda umuman yomon ko‘rsatkichga ega - hatto tanaffuslarni hisobga olmasa ham. Nemis murabbiyi davrida «Liverpul» shanba kuni soat 12:30da 35 ta o‘yin o‘tkazgan - faqat «Tottenxem»da (36) bundan ko‘proq. Klopp boshqaruvidagi «Liverpul» o‘rtacha 1,71 ochko to‘plagan. Bu odatiy ko‘rsatkichlar bilan solishtirganda kuchli pasayishdir - umuman olganda, Yurgen jamoasi Premyer-ligada har bir uchrashuvda 2,11 ochkoga ega.

O‘tgan mavsumda «Liverpul» shanba kuni bo‘lib o‘tgan oltita o‘yinda g‘alaba qozona olmadi va ularda bor-yo‘g‘i uchta gol urdi. Nega Premyer-liga klublari kunning tushlik qismida bunchalik ko‘p o‘ynashadi? Shanbadigi erta taqvim Osiyo bozoriga qaratilgan. London endigina uyg‘onayotganda, Pekin va Tokioda eng yaxshi vaqt bo‘ladi. Shuning uchun TNT Sport (ilgari BT Sport deb nomlangan) teleradiokompaniyasi ushbu vaqtda eng yaxshi jamoalardan birini tanlaydi. APL esa bundan katta daromad oladi. 

Ba’zida TNT Sport erta o‘yinlarni butunlay rad etadi - masalan, yevrokuboklardan keyingi haftalarda. Sentyabr oyida barcha top-jamoalar xalqaro turnirlarda o‘ynagan, shuning uchun ular shanba kuni ertalab o‘ynamadi. Keyin TNT Sports bu imkoniyatdan umuman foydalanmadi va o‘yinni soat 20:00 da ko‘rsatilardi - tushlikda esa hech kim o‘ynamadi.

«Biz bunga hech qanday ta’sir o‘tkaza olmaymiz», deb tan oldi Klopp. «Kim bilan gaplashmaylik, hech narsa bo‘lmaydi. Endi kanal yangi nomga ega, ammo hech narsa o‘zgarmaganligi aniq. Ularning ahamiyati yo‘q, nega men bu haqda gapirishim kerak?», — deya kesatdi Klopp.

Kiritildi: 23:18, 16.10.2023.
O'qildi: 2177 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.