"Roma"ning eronlik hujumchisi Serdar Azmun "Olimpiko" stadionida otlarga pul tikkan bo‘lishi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabrisio Korona xabar bermoqda.
Biroq, "Roma" hujumchisi buning uchun jazolanmasligi aniq. Sababi, u futbolga emas, boshqa sport turiga pul tikkan, shuning uchun eronlik futbolchiga nisbatan hech qanday tergov ishlari olib borilmayapti.
Avvalroq, Turinning "Yuventus" klubi futbolchisi Nikolo Fadjioli pul tikkani bois 7 oyga diskvalifikasiya qilingan edi.













