Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Sharifa Davronova: «Osiyo o‘yinlarining oltin medali men uchun muhim edi»

Sharifa Davronova: «Osiyo o‘yinlarining oltin medali men uchun muhim edi»

Baho:
+ | -

Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sharifa Davronova, shubhasiz, Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo o‘yinlarining qahramonlaridan biri. Endigina 17 yoshni qarshi olgan sportchimiz uchhatlab sakrash dasturida o‘zidan ancha katta, xalqaro maydonda ulkan tajribaga ega raqibalari bilan munosib bellashib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu gal Sharifaning chempionlikka erishishi uchun 14.09 metr natija kifoya qildi. E’tiboringizga yosh chempionimiz bilan tashkil qilgan kichik suhbatimizni havola qilamiz:

— 2023 yil boshida yangi yilda oldingizga qo‘ygan maqsadlaringiz haqida gapirganingizda Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarida g‘alaba qozonish va 15 metrlik marrani zabt etishni niyat qilganingizni aytgan edingiz. «Osiyo Olimpiadasi»ning chempionligi naqd qilindi. 15 metrli natijaga erishish uchun nimalar qilmoqdasiz?
— Maqsadlardan eng asosiysini bajara oldim. Osiyo o‘yinlarining oltin medali men uchun juda muhim edi. Afsuski, yoz faslining boshida jarohat olganimdan keyin mashg‘ulotlardagi rejalar butunlay o‘zgarib ketdi. Shu bois, 15 metrli marrani zabt etish biroz keyinroqqa qolmoqda. Hozir bu yo‘lda murabbiyim bilan ishlayapmiz.

— O‘sha jarohatingiz jahon chempionatida muvaffaqiyatli qatnashishga to‘sqinlik qildi. Osiyo o‘yinlarida ham u o‘z ta’sirini ko‘rsatmadimi?
— Yo‘q, ta’siri bo‘lmadi. Jarohat jahon chempionatida ancha pand bergan edi. Osiyo o‘yinlariga yuqori sport formasida yetib keldim. Shu bois unda kerakli natijani ko‘rsata oldim.

— Osiyo o‘yinlari davomida uzunlikka sakrash dasturida ham qatnashdingiz. Bu salbiy ta’sir o‘tkazmadimi?
— Aksincha, foyda bo‘lib xizmat qildi deyish mumkin. Ochig‘i, uzunlikka sakrash dasturi men uchun asosiy bo‘lgan uch hatlab sakrash yo‘nalishiga munosib tayyorgarlik bo‘lib xizmat qildi. Uzunlikka sakrash asosiy dasturim bo‘lmagani uchun unda maksimal darajada harakat qilmadim. Bu esa uch hatlab sakrashdagi chiqishimda katta yordam berdi.

— Yil yakunigacha qanday rejalar bor?
— Qisqa dam olishdan so‘ng yana mashg‘ulotlarni boshladik. Bizda yil yakunigacha musobaqalar yo‘q. Kelasi yil boshida yopiq inshootlardagi Osiyo va jahon chempionati bor. Hozir murabbiyim bilan shunga tayyorgarlik olib boryapmiz. Nasib qilsa, ularda Olimpiada normativini bajarishga harakat qilaman.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 15:17, 18.10.2023.
O'qildi: 1663 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.