Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

Aleksandr Volkanovski: “Maxachevga qarshi trilogiya? Nega endi yo‘q?”

Aleksandr Volkanovski: “Maxachevga qarshi trilogiya? Nega endi yo‘q?”

Baho:
+ | -

Aleksandr Volkanovski Islom Maxachevga qarshi UFC-300 da ham jang qilmoqchi.

“Maxachevga qarshi trilogiya? Nega endi yo‘q? Bu ajoyib g‘oya. Lekin ko‘p narsa Islomning o‘ziga bog‘liq. U boshqa vazn toifasiga o‘tmoqchi.

Agar u yengil vazn toifasida qoladigan bo‘lsa, uchinchi jangni ham o‘tkazamiz”, — deydi yarim yengil vazn toifasida UFC chempioni Aleksandr Volkanovski.

UFC-300 2024 yilning aprel oyida bo‘lib o‘tadi. Turnirning aniq sanasi keyinroq e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Volkanovski va Islom Maxachev ilk bor UFC-284'da to‘qnash kelgan va unda ochkolar evaziga dog‘istonlik jangchining qo‘li baland kelgan.

21-oktyabr kuni UFC-294 turnirida yana bir bor ikkala sportchi bir-biriga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Maxachev ushbu musobaqada Charlz Oliveyraga qarshi revansh jangi o‘tkazishi lozim edi. Biroq, Oliveyra jarohat sabab, turnirda ishtirok etmaydigan bo‘ldi. Uning o‘rnini Aleksandr Volkanovski egalladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:19, 18.10.2023.
O'qildi: 2227 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик