Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/12 00:45 Atalanta 2-1 Kalyari
14/12 01:00 Arsenal 2-1 Vulverhempton
14/12 01:00 Xetafe 0-1 Espanyol
14/12 16:30 Milan 2-2 Sassuolo
14/12 18:00 Sevilya 4-0 Real Ovyedo
14/12 19:00 Fiorentina 1-2 Verona
14/12 19:00 Udineze 1-0 Napoli
14/12 19:00 Kristal Pelas 0-3 Manchester Siti
14/12 19:00 Nottingem Forest 3-0 Tottenhem
14/12 19:00 Sanderlend 1-0 Nyukasl
14/12 19:00 Vest Xem 2-3 Aston Villa
14/12 20:15 Selta 2-0 Atletik Bilbao
14/12 21:30 Brentford 1-1 Lids
14/12 22:00 Jenoa 1-2 Inter
14/12 22:30 Levante - Vilyarreal
15/12 00:45 Bolonya 0-1 Yuventus
15/12 01:00 Alaves 1-2 Real Madrid
16/12 00:45 Roma - Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano - Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted - Bornmut

O‘zbekiston U-17 jamoasi mundialda 3-bor qatnashadi

O‘zbekiston U-17 jamoasi mundialda 3-bor qatnashadi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, 10 noyabrdan 2 dekabrgacha 17 yoshlilar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirok etadigan hamyurtlarimiz haqida qisqacha ma’lumot beramiz. 

O‘zbekiston ushbu yosh toifasidagi uchinchi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ular «B» guruhida Mali, Kanada va Ispaniya terma jamoalari bilan kuch sinashadi. Turnir 10 noyabr kuni boshlanadi. 

O‘zbekiston U-17 jamoasining taqvimi:

10 noyabr

Mali – O‘zbekiston (mahalliy vaqt bilan 16:00, «Manahan» stadioni)

13 noyabr

O‘zbekiston – Kanada (mahalliy vaqt bilan 19:00, «Manahan» stadioni)

16 noyabr

O‘zbekiston – Ispaniya (mahalliy vaqt bilan 16:00, «Manahan» stadioni)

O‘zbekiston saralashdan qanday o‘tgan?

O‘zbekiston 2023 yilgi U-17 Osiyo kubogi guruh bosqichi o‘yinlarida bor-yo‘g‘i uchta gol urdi, ammo yetti ochko bilan «D» guruhidan muvaffaqiyatli o‘tishga erishdi. Jamoamiz chorak finalda Saudiya Arabistoniga ikkita gol urib, yarim final yo‘llanmasini va U-17 Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Yarim finalda O‘zbekiston Koreya Respublikasiga 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Turnirda Yaponiya chempion bo‘lgan (ular Koreyani 3:0 hisobida taslim etgan).

Murabbiy: Jamoliddin Rahmatullayev

O‘zbekistonni U-17 futbolida nufuzli turnirlarga qaytarishga mas’ul shaxs Rahmatullayev bo‘lib, uning qisqa vaqt ichida jamoani mukammal boshqarishi maydonda katta muvaffaqiyatlarga sabab bo‘ldi. Rahmatullayev 2022 yilning noyabrida ushbu lavozimga tayinlanganidan buyon samarali futbol brendini muvaffaqiyatli qo‘lladi, uning jamoasi atigi ikki marta mag‘lub bo‘lgan va 11 o‘yinda beshta gol o‘tkazib yuborgan.

Turnirda ko‘p kuzatiladigan futbolchi: Lazizbek Mirzayev

Ijodkor va gol urishdan zerikmaydigan toshkentlik yigitchaning arsenalida turnir davomida kuzatib borish uchun arziydigan ko‘p narsa bor. O‘ng qanotda o‘ynay oladigan hujumkor yarim himoyachi Osiyo Kubogida o‘z jamoasiga sardorlik qildi va guruh bosqichidagi uchta goldan ikkitasiga assistentlik qildi.

Jamoamizning Jahon chempionatlaridagi tarixi

Bu turnir biz uchun uchinchi mundial bo‘lib, o‘n yil ichidagi birinchisidir. O‘zbekiston U-17 Jahon chempionatida ilk bor 2011 yilda ishtirok etgan va u yerda «D» guruhida birinchi o‘rinni egallagan holda 1/8 finalga yo‘l olgan. Avstraliyani 4:0 hisobida mag‘lub etib, tarixdagi eng yaxshi natijasini qayd etgan, chorak finalda Urugvaydan mag‘lubiyatga uchragan. «Oq bo‘rilar» 2013 yilda Osiyo kubogida birinchi marta muvaffaqiyat qozondi va yana mundialga qaytdi, ammo 1/8 finalda Gondurasga qarshi o‘yinda 1:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Bilasizmi?

O‘zbekiston U-17 jamoasi Jahon chempionatida guruh bosqichidagi so‘nggi beshta o‘yinda mag‘lub bo‘lmagan. 

Kiritildi: 07:09, 19.10.2023.
O'qildi: 4278 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.