Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/06 03:00 Shotlandiya 0-3 Braziliya
25/06 03:00 Marokash 4-2 Gaiti
25/06 06:00 Chexiya 0-3 Meksika
25/06 06:00 JAR 1-0 Janubiy Koreya
26/06 01:00 Kyurasao 0-2 Kot-d'Ivuar
26/06 01:00 Ekvador 2-1 Germaniya
26/06 04:00 Yaponiya 1-1 Shvesiya
26/06 04:00 Tunis 1-3 Niderlandiya
26/06 07:00 Turkiya 3-2 AQSh
26/06 07:00 Paragvay 0-0 Avstraliya
26/06 23:59 Norvegiya - Fransiya
26/06 23:59 Senegal - Iroq
27/06 05:00 Urugvay - Ispaniya
27/06 05:00 Kabo-Verde - Saudiya Arabistoni
27/06 08:00 Misr - Eron
27/06 08:00 Yangi Zelandiya - Belgiya

Mustaqil komissiya "Everton"ning moliyaviy qonunbuzarlik ishini ko‘rishni boshladi

Mustaqil komissiya "Everton"ning moliyaviy qonunbuzarlik ishini ko‘rishni boshladi

Baho:
+ | -

Mustaqil komissiya "Everton"ning moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganligi bo‘yicha intizomiy sudlovni boshladi, deb xabar beradi Daily Mail nashri.

Manbaga ko‘ra, sud majlisi 17 oktyabr, seshanba kuni yopiq majlisda boshlangan va kelasi hafta yakunlanadi. Premyer-liga boshqa klublarni oldindan ogohlantirmasdan keyingi oyda tribunal tomonidan chiqarilgan hukm va sanksiyalarni e’lon qiladi. Agar "Everton" aybdor deb topilsa, klub jarimaga tortilishi, transfer taqiqi yoki ochkolar olib qo‘yilishi mumkin.

Qayd etilishicha, "Everton" har qanday qoidabuzarliklar mavjudligini qat’iyan rad etadi va klub oqlanishiga ishonadi.

Mart oyida Premyer-liga "Everton"ni moliyaviy qoidabuzarlikda gumon qilgani ma’lum bo‘ldi. Daromadlilik va barqaror rivojlanish qoidalarining mumkin bo‘lgan buzilishi 2021/22 yilgi mavsumga tegishli.

2023 yilning sentyabr oyida "Everton" egasi o‘zgarganini e’lon qildi. Klubni Amerikaning 777 Partners investisiya fondi sotib olgan.

Kiritildi: 09:35, 19.10.2023.
O'qildi: 745 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик