Italiyalik mashhur murabbiy Antonio Konte o‘ziga baho berdi.
“Futbolchilik faoliyatim uchun o‘zimga 10 dan 8 baho qo‘yaman. Murabbiy sifatida esa o‘zimga 8,5 baho bergan bo‘lardim. Lekin men hali yoshman va bu reytingni yaxshilay olaman”, dedi Konte.
"Men o‘ynaganimda texnikam yaxshi edi, ammo mening iqtidorim Alessandro del Pyero yoki Zinedin Zidan kabi emas edi", - deya qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Konte "Napoli"ga kelishi mumkinligi xabar qilingan edi.