Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Keynsiz hayot: "Tottenxem" qanday o‘zgarmoqda?

Keynsiz hayot: "Tottenxem" qanday o‘zgarmoqda?

Baho:
+ | -

"Tottenxem" o‘tgan mavsum Premyer-ligada 8-o‘rinni egallab, hattoki Konferensiya ligasiga ham chiqa olishmadi. Hozir esa mavsum boshlanganidan 2 oy o‘tib, "Tottenxem" birorta mag‘lubiyatga uchramay, "Arsenal" bilan birga APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Xarri Keyn ketganidan keyin buni oldindan aytish mumkin emas edi.

“Shporlar” juda kuchli start oldi. Liganing sakkiz turida ular 6 g‘alaba va 2 durangga erishgan. Qolaversa, londonliklar shu qisqa vaqt ichida “katta oltilik”ning uchta jamoasi bilan o‘ynashga muvaffaq bo‘lishdi. “Tottenxem” “Manchester Yunayted” (2:0) va “Liverpul”ni (2:1) mag‘lub etdi, “Arsenal” bilan durang o‘ynadi (2:2). Bu o‘yinlarning barchasida “shporlar” raqiblaridan hech qolishmadi. Ular uchta o‘yinda ham to‘pga ko‘proq ega bo‘lishdi, hattoki Emireytsda "kanonirlar"ga qarshi derbida ham.

"Tottenxem" Premyer-ligada eng ko‘p zarba beruvchi jamoaga shu kungacha darvozaga 153 ta zarba berishgan. Bundan tashqari, “shporlar” chempionatda 18 ta gol urgan va 6 ta g‘alabaga erishgan. Bu ko‘rsatkichlarga ko‘ra ular liganing eng yaxshi jamoalari qatoridan joy olishdi. "Tottenxem" nafaqat Premyer-liga turnir jadvalida peshqadamlik qildi, balki 2 oy ichida barcha eng yaxshi futbolchi va murabbiy mukofotlarini ham qo‘lga kiritdi.

Angelos Postekogluning tayinlanishidan oldin kayfiyat shubhali edi. Agar Angliya chempioniga aylangan Mourinyo va Konte “Tottenxem” bilan hech narsaga erisha olmagan bo‘lsa, unda ilgari Premyer-ligada ishlamagan avstraliyalik nima qilishi hammaga qiziq edi. Ammo mutaxassis bu suhbatlardan xijolat tortmadi. Londonga yetib kelganidan so‘ng, u darhol "Seltik"da ko‘rsatgan dadil hujumkor futbolni jamoaga singdira boshladi.

"Tottenxem" prezidenti Daniyel Levining aytishicha, Postekoglu butun klub uchun “yangi qon” bo‘lgan. 2 oy davomida u rahbariyat, jamoa va muxlislar bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatdi.

Postekoglu kelganidan beri "Tottenxem" yaxshi transfer kampaniyasini o‘tkazdi. "Shporlar" Keynni "Bavariya"ga sotishdan tushgan pulni yosh futbolchilarni sotib olishga sarfladi. O‘tgan yozda darvozabon Vikario (20 million yevro), himoyachi Mikki van de Ven (40 million), yarim himoyachi Jeyms Meddison (46,3 million), shuningdek, vingerlar Brennan Jonson (55 million) va Manor Solomon Londonga ko‘chib o‘tgandi. Himoyachi Destini Udoji “Udineze”dan qaytdi. Bundan tashqari, “Tottenxem” avval ijaraga olingan himoyachi Pedro Porro (40 million yevro) va qanot himoyachisi Deyan Kulusevskini (30 million) sotib oldi.

Yuqoridagi barcha futbolchilar asosiy tarkibga kirishdi. Va ularning hech biri 30 yoshdan katta. Eng yoshi kattasi Meddison va Vikario 26 yoshda. O‘tgan mavsumda "shporlar" o‘rtacha yosh bo‘yicha uchinchi eng past jamoaga ega bo‘lgan bo‘lsa, hozir ular yuqoridan to‘rtinchi o‘rinda. Londonliklar donolik bilan o‘z tarkibini yoshartirdi. Jamoaning o‘yinida endi avvalgidek sarosima yo‘q. Har bir futbolchi nima qilishni biladi. Albatta, xatolar bor, ayniqsa, yosh futbolchilarda, lekin bu tajriba ularni ligada rivojlanishiga yordam beradi.

"Tottenxem" Ugo Lyorisning o‘rniga atigi 20 million yevroga sifatli darvozabon sotib oldi. Vikario seyvlar soni bo‘yicha Premyer-ligadagi eng yaxshi o‘nta darvozabondan biri. Van de Ven bir nechta noaniq o‘yinlardan keyin o‘zini yaxshi his qilmoqda. U Kristian Romero bilan juftlikda markaziy himoyani shakllantiradi va jamoaga hujumlar uyushtirishda yaxshi pas berish qobiliyatiga ega. Bu og‘ir bosim ostida ham pas orqali qochishga urinayotgan hozirgi "shporlar" uchun juda muhim.

Albatta, “Tottenxem” uchun eng muvaffaqiyatli yozgi transfer Jeyms Meddisonning transferi bo‘ldi. Bunday o‘yinchi uchun deyarli kurash bo‘lmagani ajablanarli. Bu qisman klassik "o‘nliklar" zamonaviy futbolda unchalik mashhur bo‘lmayotgani bilan bog‘liq. Biroq, Postekoglu hech narsa ixtiro qilmadi va Jeymsga o‘zi uchun qulay bo‘lgan hujumkor yarim himoyachi pozisiyasini berdi. Natijada Premyer-liganing sakkiz o‘yinida 2 gol va 5 golli uzatmani amalga oshirdi.

Shuningdek, Songa e’tibor bering. Sardorlik bog‘i koreysga mas’uliyat, kuch va quvvat bag‘ishladi. Murabbiyning ishonchi to‘liq oqlanadi. Keynning ketishi va Risharlisonning beqarorligi tufayli Son ko‘pincha markaziy hujumchi pozisiyasida o‘ynashga majbur bo‘ladi. Koreyalik futbolchi Premyer-liganing sakkiz o‘yinida 6 ta gol urgan. Shuningdek, avvalroq Meddisonga tegishli bo‘lgan oyning eng yaxshi futbolchisi unvoniga ega.

Himoyachilar Porro va Udogi himoyada ham, hujumda ham samaralidir. Qo‘llab-quvvatlovchi zonada "Tottenxem"da Iv Bissuma va yosh Pape Sarr bor. Bir qarashda ular eng kuchli yarim himoyachilar juftligi emas. Jonson, Solomon va Kulusevski yaxshi qo‘shimcha hujum variantlari. "Shporlar"da yaxshi, yosh va baquvvat jamoa bor, ularni tomosha qilish zavqli. "Tottenxem"ning asosiy muammosi doimo barqarorlikning yo‘qligi bo‘lib kelgan. Agar "shporlar" bu to‘siqni yengib o‘tishsa, yaxshi natijalardan bahramand bo‘lishda davom etadi.

Kiritildi: 19:52, 19.10.2023.
O'qildi: 1739 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.