Tuttosport bilan hamkorlik qiluvchi italiyalik jurnalist Massimo Franki rossiyalik yarim himoyachi Aleksey Miranchukning "Atalanta"ga o‘tishi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bergamo klubi kamdan-kam hollarda xato qiladi. Ammo Miranchuk bilan bog‘liq vaziyatda, transfer muvaffaqiyatsiz bo‘lganini tan olish kerak. Ular uning uchun "Atalanta" standartlari bo‘yicha katta pul to‘lashdi", - deya xabar beradi jurnalist.
Eslatib o‘tamiz, Miranchuk 2020 yilning yozida Moskvaning “Lokomotiv” klubidan “Atalanta”ga o‘tgan edi. Transfer summasi 14 million yevroni tashkil qildi.













