«Brayton» bosh murabbiyi Roberto de Zerbi jamoasining «Manchester Siti»ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyati (1:2) haqida gapirdi.
«Meni eng ko‘p xafa qiladigan narsa Uelbek va Marshning jarohatlari - biz ikkita muhim o‘yinchini yo‘qotdik.
Birinchi bo‘limda qo‘limizdan kelganicha o‘ynamadik, lekin dunyoning eng kuchli jamoasiga qarshi to‘qnash keldik. Tanaffusdan so‘ng o‘z fazilatlarimizni ko‘rsata oldik, kuch bor edi, pressingni yaxshilay oldik», – dedi murabbiy.