Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo 5-0 Piza
22/03 17:00 Nyukasl 1-2 Sanderlend
22/03 18:00 Barselona 1-0 Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta 1-0 Verona
22/03 19:00 Bolonya 0-2 Lasio
22/03 19:15 Aston Villa 2-0 Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem 0-3 Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta 3-4 Alaves
22/03 22:00 Roma 1-0 Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

UFC-294 ishtirokchilari qancha gonorar olgani ma’lum bo‘ldi

UFC-294 ishtirokchilari qancha gonorar olgani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

BAAning Abu-Dabi shahrida 21 oktyabr, shanba kuni  UFC 294 musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Turnirda ishtirok etgan sportchilarning qancha gonorar olgani ma’lum bo‘ldi.

UFC 294 turnirida eng katta gonorar Islom Maxachevga berildi. Kechaning asosiy jangida Volkanovskini mag‘lub etgan Maxachev 1,79 million dollar miqdorida gonorar oldi. Ushbu pullarning 750 ming dollari ishtirok uchun, 100 ming dollari g‘alaba uchun, 850 mingi translyasiyalarda kelgan daromad, 50 ming dollari eng yaxshi jang uchun bonus, 42 ming dollar esa homiylar to‘lovi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Aleksandr Volkanovski esa 1,58 million dollar (750 ming — jang uchun, 800 ming — translyasiyalar sotuvidan tushgan mablag‘, 32 ming — homiylar to‘lovi) gonorar oldi.

Shuningdek, Kamaru Usmon ustidan g‘alaba qozongan Hamzat Chimayev 865 ming dollarga ega chiqdi. Usmon esa 1,02 million dollar gonorar sohibiga aylandi.

UFC 294 da eng ko‘p gonorar olgan sportchilar:

Islom Maxachev — 1 790 000 dollar
Aleksandr Volkanovski — 1 582 000 dollar
Kamaru Usmon — 1 020 000 dollar
Hamzat Chimayev — 865 000 dollar
Magomed Ankalayev — 225 000 dollar
Said Nurmagomedov — 205 000 dollar
Jonni Uoker — 160 000 dollar
Tim Elliott — 160 000 dollar
Vorli Alves — 120 000 dollar
Ikram Aliskerov — 99 000 dollar.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:08, 22.10.2023.
O'qildi: 6768 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик