Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Mourinyo Alexandro Gomesga o‘z uslubida javob qaytardi

Mourinyo Alexandro Gomesga o‘z uslubida javob qaytardi

Baho:
+1 | -

Alexandro Gomes doping iste’mol qilgani uchun ikki yillik diskvalifikasiya oldi. Jahon chempioni taqiqlangan modda uning tanasiga tasodifan iste’mol qilgan yo‘tal siropi orqali kirganini aytdi.

Gomes yaqinda Joze Mourinyo haqida fikr bildirib, shunday degandi: "U haqida menda qolgan yagona narsa - bu Yevropa Ligasi finalida uning "Roma"sini mag‘lub etganimiz".

Endi Mourinyo javob berdi, uning so‘zlarini ijtimoiy tarmoqlarda jurnalist Fabrisio Romano iqtibos keltirdi.

"Menda yo‘tal bor, lekin men sirop yoki tabletka ichmayman. Aks holda doping-testlar bilan bog‘liq muammolarga duch kelishim mumkin”, - dedi “Roma” ustozi.

Yakshanba kuni “Roma” o‘z maydonida “Monsa”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Kiritildi: 22:47, 22.10.2023.
O'qildi: 2027 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик