Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Farhod Sohibjonov: "Bu g‘alabada murabbiyimizning hissasi katta"

Farhod Sohibjonov: "Bu g‘alabada murabbiyimizning hissasi katta"

Baho:
+ | -

“Andijon” Jizzaxda “So‘g‘diyona”ga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvda o‘z irodasini namoyish qilib, mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantira oldi. Buning uchun barcha futbolchilar oxirigacha mehnat qilishdi va uch ochkoni qo‘lga kiritishlariga to‘liq ishondilar. Natijada “Burgutlar” Jizzaxda ham parvozini amalga oshirdi.

Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Farhod Sohibjonov oxirgi daqiqalarda g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi. Futbolchi “Andijon” matbuot xizmatiga qisqacha intervyu berdi.

— Farhod, safarda qo‘lga kiritilgan ajoyib g‘alaba bilan tabriklayman. Uchrashuv borasida nimalarni ayta olasiz?
— Avvalambor, Andijon xalqini va “Andijon” muxlislarini g‘alaba bilan tabriklayman. O‘zinglar ko‘rganinglardek, og‘ir o‘yin bo‘ldi. Ikkinchi taymda qattiq harakat qildik. Shuning evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdik, Xudoga shukr. 1:0 hisobida yutqazayotgandik, kichik kambekni amalga oshirdik. Bu g‘alabada murabbiyimizning hissasi katta. O‘yinchi almashtirishlarni to‘g‘ri qildi, deb o‘ylayman.

— Zaxiradan maydonga tushib gol urdingiz va aynan hal qiluvchi golni urishingizni aniq kutganmidingiz?
— O‘yindan oldin kutgandim. 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchrayotganimiz bois ikkinchi bo‘limga hamma futbolchilarni ko‘zi “yonib” maydonga tushishdi. Menda ham shunaqa holat bo‘ldi.

— Afsuski, bahs oxirida qizil kartochka tufayli maydondan chetlatildingiz. Buni qanday izohlaysiz?
— O‘sha vaziyatda o‘z hissiyotlarimni boshqara olmadim, deb o‘ylayman.

— Birinchi davrada "Andijon" “So‘g‘diyona”ga xuddi shu hisobda yutqazgandi...
— Ha, revansh olindi.   

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 20:42, 23.10.2023.
O'qildi: 1065 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик