Portugaliyaning "Braga" klubi hujumchisi Alvaro Jalo YECHL 3-turi doirasida "Real" bilan o‘yin avvalida o‘z fikrlarini bildirdi.
“Real”ga qarshi to‘qnash kelishda meni hech narsa qo‘rqitmaydi, men ularni juda hurmat qilaman, lekin biz ulardan qo‘rqmaymiz", - deya 24 yoshli hujumchi so‘zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.
Eslatib o‘tamiz, bahs bugun 23:59 da start oladi.