Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Superkompyuter mavsum yakunini bashorat qildi: "MYU" so‘nggi 34 yildagi eng yomon finishini namoyish etadi

Superkompyuter mavsum yakunini bashorat qildi: "MYU" so‘nggi 34 yildagi eng yomon finishini namoyish etadi

Baho:
+ | -

APL o‘tgan hafta yana qaytdi. Unda bir qator o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Garchand mavsumni yomon boshlagan bo‘lsa ham, sakkizinchi turda "Manchester Yunayted" "Sheffild Yunayted"ni mag‘lubiyatga uchratib, o‘zi uchun kerakli uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Bu yetarli emas, albatta. Muxlislar "MYU"ning hozirgi o‘rnidan qoniqish hosil qilmasligi aniq. Negaki, ushbu mavsumda "qizil iblislar" chempionlik uchun kurashishi kerak edi. Ammo bunday bo‘lmayapti. Erik ten Xag jamoasi o‘tgan mavsum kabi so‘nggi ikki oyda sust start namoyish etdi. Oqibatda, mankunianliklar bu davrni asosan turnir jadvalining ikkinchi qismida o‘tkazishga majbur bo‘ldi.

Superkompyuterning yangi hisob-kitoblariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" uchun ushbu mavsum so‘nggi 34 yildagi eng yomoni bo‘ladi. Xalqaro tanaffuslardan ilgari sun’iy ongning taxminlarida "MYU" APLning oltinchi pog‘onasida qolishi kerak edi. Garchand sakkizinchi tur "Sheffild Yunayted"ga qarshi qiyin g‘alaba bilan yakunlangan bo‘lsa ham, Erik ten Xag shogirdlarining imkoniyatlari yanada pastladi. Hozir ular 38 turdan keyin 9 o‘rinni egallashi mumkin xolos. Ushbu bashoratda ma’lumotlar superkompyuter tomonidan 100 ming marta qayta ishlandi. Bunda kompyuter, o‘tgan mavsumdagi natijalar, jamoalarning joriy sport formasi hamda xG (expected Goals) ko‘rsatkichlariga qarab xulosa qilgan. Oqibatda, mavsumni "qizil iblislar" to‘qqizinchi pog‘onada, "Chelsi" va "Brayton"dan bir ochko kam to‘plagan holda yakunlashi ma’lum bo‘ldi.

Aytish kerakki, "Manchester Yunayted" mavsum oxirida 34 yildan beri bunchalik pastki o‘rinlarga tushib ketmagan. Oxirgi marta bu jamoa 1989/90 yilgi mavsumni 13 pog‘onada yakunlagandi. 2023/24 yillarning dastlabki 7 ta turida "Tottenxem", "Arsenal", "Brayton" va "Kristal Pelas"dan mag‘lubiyatlar qabul qilib olindi. "Tig‘chilar"ga qarshi uch ochko olingach, "MYU" sakkizinchi o‘ringa chiqdi. Ammo hozirga qadar turnir jadvalining yuqori o‘ntaligidagi birorta jamoa mag‘lub etilgani yo‘q. Superkompyuter esa "qizil iblislar"ni mavsumning qolgan qismida yana 9 mag‘lubiyat kutib turibdi deb hisoblaydi. Oqibatda, jamoa kuchli to‘rttalik tugul, yevrokuboklar zonasidan ham chiqib ketadi, 4 o‘rin bilan ochkolar farqi 12 tani tashkil etadi.

Yuqori o‘rinlarga keladigan bo‘lsak, "Nyukasl" yana YECHLga yo‘llanma olishi kutilmoqda. "Manchester Siti" esa doimgidek chempionlikka erishadi. Sun’iy ong ikkinchi o‘rinni "Arsenal" egallaydi deb hisoblaydi. To‘pchilardan bir ochko kam to‘plagan "Liverpul" esa keyingi pog‘onadan joy oladi. Pastki yevrokuboklar uchun "Tottenxem", "Aston Villa" va "Brayton" loyiq ko‘rilgan. APLni esa "Sheffild Yunayted", "Luton Taun" va "Bornmut" tark etadi.

 

 

 


Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 15:08, 24.10.2023.
O'qildi: 2641 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.