«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri jamoaning o‘tgan yildagi yutuqlari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. U amalga oshirilgan ishlardan mamnun ekanini tan oldi.
«Mening fikrim - murabbiy sifatida o‘zingizga nisbatan talabchan bo‘lish. 20 yil oldin murabbiylikni boshlaganimda, maqsadim har doim o‘rganish, takomillashish va kundan-kunga yaxshiroq bo‘lish edi», - deya Emerining so‘zlarini keltiradi «Aston Villa» rasmiy sayti.