Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

10 ta o‘yinda 15 gol – Santyago Ximenes o‘zi kim?

10 ta o‘yinda 15 gol – Santyago Ximenes o‘zi kim?

Baho:
+ | -

«Feyenoord» Chempionlar ligasi guruh 3-turida «Lasio»ni ishonchli tarzda mag‘lub etdi - 3:1. Uchrashuvning bosh qahramoni meksikalik hujumchi Santyago Ximenes bo‘ldi.

Bu mavsumda u o‘z ish unumdorligini maksimal darajada oshirdi. Ximenes «Lasio»ni deyarli bir o‘zi yo‘q qildi va ketma-ket ikkinchi mavsum uchun bu juda zo‘r natijalarga sabab bo‘lmoqda. Kechagi bahs avvaliga Santyago Ximenes ofsayddan gol urdi: u himoyachi Nikolo Kasaledan qochib, Ivan Provedel darvozasini chiroyli tarzda ishg‘ol qildi – ammo VAR maslahatidan so‘ng gol bekor qilindi. Olti daqiqa o‘tib, meksikalik yana gol urdi - bu safar barchasi qonuniy. U o‘sha Kasaleni yana ortda qoldirib, ortiga o‘girilib, pastki o‘ng tomonga aniq zarba yo‘lladi. Birinchi bo‘lim oxirida Ramiz Zerrouki hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda yana Ximenes barcha e’tiborni o‘ziga qaratdi. Meksikalik futbolchi ikkinchi golni ham muvaffaqiyatli yakunladi. «Lasio» esa Pedroning goli bilan javob qaytardi, ammo bu yetarli emas edi.

Ximenes odatda «Lasio» bilan o‘ynashni yaxshi ko‘radi: u rimliklarga qarshi uchta o‘yinda beshta gol urdi. O‘tgan mavsumda «Feyenoord» Yevropa Ligasi guruh bosqichida rimliklarga qarshi o‘ynagan, forvard har ikki bahsda ham zaxiradan maydonga tushgan va ikkala golni o‘zi kiritgan. 

Santyago Amsterdamda tarixiy xet-trik qayd etdi. Unga «Arsenal» va «Atletiko Madrid» qiziqish bildirmoqda

Ximenes 22 yoshda, u Argentinada tug‘ilgan, ammo Meksika terma jamoasida o‘ynaydi (22 o‘yinda to‘rtta gol). Yevropaga ko‘chib o‘tishdan oldin u tarixan mamlakatning eng yirik klublaridan biri bo‘lgan Meksikaning «Kruz Azul» klubida o‘sgan; u yerga bolaligida kelgan. To‘g‘ri, Ximenes asosiy tarkibda 105 o‘yinda bor yo‘g‘i 21 ta gol urgan, ko‘pincha qanot hujumchisi sifatida o‘ynagan.

Uning otasi Kristian ham «Kruz Azul»da o‘ynagan. Santyago qat’iylik va tartib bilan o‘sgan va endi bu unga mustaqillikni, shu jumladan sportdan tashqarida ham qat’iy talabni singdirdi. Ximenes hali ham golland tilida qiyinchilik bilan gapiradi, lekin u ingliz tilida ravon gapirmoqda - «Feyenoor»dga ko‘chib o‘tishi bilanoq o‘qishni boshladi va allaqachon to‘liq intervyu berdi.

Santyago markaziy hujumda o‘z mahoratini oshirmoqda. O‘tgan mavsumda u o‘rtacha 90 daqiqada jarima maydonchasida 4,3 marta zarba berdi. «Feyenoord»dagi birinchi mavsumda bu zonadagi zarbalar uchtadan kam edi, hozir - to‘rtdan ortiq. Shunisi e’tiborga loyiqki, bu endi asosiy hujum kuchini anglatadi. O‘tgan mavsumda «Feyenoord» ligada g‘olib chiqdi, Ximenes 32 o‘yinida 15 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Ammo endi yanada yaxshilangan: chempionat va Chempionlar ligasining atigi 10 o‘yinida xuddi shunday 15 ta gol va uchta golli uzatma! Qolaversa, u Chempionlar ligasida ilk mavsumda ko‘rinish berdi, o‘tgan mavsumda Yevropa ligasidagi diskvalifikasiya tufayli dastlabki ikki turni o‘tkazib yuborgandi.

Shubhasiz, Santyagoning Chempionlar Ligasidagi eng yaxshi kuni Amsterdamda «Ayaks»ga qarshi o‘yinda sodir bo‘lgan. U ushbu uchrashuvda xet-trik qayd etdi. Ximenes «Feyenoord» tarixida mehmonda asosiy raqib darvozasiga 3 gol urgan birinchi futbolchidir. 

Bahorda futbolchining otasi allaqachon «Atletiko Madrid» bilan gaplashgan, «Benfika» va «Arsenal» qiziqishlari haqida insaydlar paydo bo‘ldi.

Bunday yorqin o‘yinlar bilan Ximenesga ko‘proq da’vogarlar «og‘iz soldi».

Kiritildi: 11:48, 26.10.2023.
O'qildi: 2310 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.