Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Bilasizmi? “Andijon” so‘nggi 13 ta turni chempionlarcha o‘tkazdi

Bilasizmi? “Andijon” so‘nggi 13 ta turni chempionlarcha o‘tkazdi

Baho:
+ | -

Joriy mavsumda muxlislarini yoqimli g‘alabalari bilan quvontirayotgan “Andijon” jamoasi chempionatning qolgan 4 ta o‘yinida ham maksimal ochko to‘plashni maqsad qilib qo‘ygan.

“Burgutlar” ayni chog‘da 22-turdan keyin musobaqa jadvalida 34 ochko bilan 6-o‘rinni band etib turibdi. Ma’lumot uchun, jamoa ortda qolgan uchrashuvlar mobaynida 10 g‘alaba, 4 durang hamda 8 mag‘lubiyat qayd etdi. To‘plar nisbati esa hozircha 23\20 andijonliklar foydasiga.

Bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov va uning shogirdlari chempionatdagi intriganing yanada qizishiga katta hissa qo‘shayotganliklari e’tiborga molik. Chunki “Andijon” raqobatbardoshlikni ancha oshirdi va maqsadi sari intilishdan to‘xtamayapti.

Yana bir e’tiborga molik jihati shundaki, “Andijon” ortda qolgan 13 ta o‘yinni xuddi chempionlarga xos tarzda o‘tkazib kelmoqda. Bu borada klub boshqalardan ko‘ra eng ko‘p ochko jamg‘argan jamoa bo‘lib turibdi – 25 ochko. Faqatgina “Paxtakor” ham ortda qolgan 13 ta bahsda 25 ochko to‘plagan. Aytish joizki, bu borada
“Andijon” bilan “Paxtakor” boshqalardan oldinda. Bundan xulosa qilish mumkinki, jamoamiz 13 ta o‘yindagi natijalardan kelib chiqilsa, chempionatni chempionlarcha o‘tkazayotganini ko‘rish mumkin.

“Andijon”da shunday imkoniyatki, mavsumni yanada yuqori pog‘onalardan birida yakunlashi ham mumkin. Klubning eng yaxshi natijasi hozirgacha 5-o‘rin bo‘lgan. “Burgutlar” o‘z parvozida yana ushbu natijani bosib o‘tishi va hatto tarixni yangilagan holda birinchilikda o‘zining eng yuqori o‘rnini qayd etishi ham mumkin. Muhimi, bu borada jamoada imkoniyat bor. So‘nggi 13 ta uchrashuvni chempionlarga xos tarzda o‘tkazgan futbolchilar barchada iliq taassurot qoldiryapti va mana shunday g‘olibona ruhning ta’sirida qolgan bellashuvlarda ham o‘zining suyukli muxlislarini xursand qila oladilar.

"Andijon"ning navbatdagi o‘yini 28 oktyabr kuni “Bobur Arena”da OKMKga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 14:37, 26.10.2023.
O'qildi: 1448 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик