Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

"Manchester Siti" futbolchisi "MYU"ga qarshi o‘yindan oldin: "Ishonamanki, uch ochkoni qo‘lga kiritamiz"

"Manchester Siti" futbolchisi "MYU"ga qarshi o‘yindan oldin: "Ishonamanki, uch ochkoni qo‘lga kiritamiz"

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" markaziy himoyachisi Manuel Akanji "Manchester Yunayted" bilan derbidan oldingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Eslatib o‘tamiz, "shaharliklar" yakshanba kuni Angliya Premyer-ligasi doirasida "qizil iblislar" mehmoni bo‘ladi.

"Bu katta o‘yin bo‘ladi. Bizni qiyin o‘yin kutib turibdi, lekin men yigitlarga ishonaman. O‘ylaymanki, biz bu o‘yinga tayyormiz va biz yana uch ochkoni mehmonda qo‘lga kiritamiz" - dedi Akanji.

"Manchester Siti" ayni damda APLda peshqadam "Tottenxem"dan ikki ochko ortda qolib, ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. "Shporlar" keyingi turda "Kristal Pelas" maydoniga safar qiladi.

Kiritildi: 15:51, 26.10.2023.
O'qildi: 1202 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик