Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 00:00 Barselona 1-0 Xetafe
26/09 17:30 Eron 3-4 Marokash
26/09 18:30 Navbahor 0-3 So‘g‘diyona
26/09 18:30 Dinamo 3-0 Surxon
26/09 20:00 Portugaliya 1-2 Qozog‘iston
26/09 20:00 Argentina - Xorvatiya
26/09 22:00 Las-Palmas 1-1 Betis
26/09 22:00 Espanyol 1-2 Vilyarreal
27/09 00:00 Selta 0-1 Atletiko
27/09 17:00 Qizilqum 1-0 Metallurg
27/09 17:30 Tailand - Fransiya
27/09 19:15 OKMK - Lokomotiv
27/09 23:45 Milan - Lechche
28/09 00:00 Valyadolid - Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl - Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe - Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor - Nasaf
28/09 18:00 Udineze - Inter
28/09 19:00 Arsenal - Lester
28/09 19:00 Brentford - Vest Xem
28/09 19:00 Everton - Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
28/09 19:00 Chelsi - Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano - Leganes
28/09 21:00 Jenoa - Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad - Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton - Liverpul
28/09 23:45 Bolonya - Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona

«Barsa» YECHLda optimal formada. O‘zak yoshlardan iborat

«Barsa» YECHLda optimal formada. O‘zak yoshlardan iborat

Baho:
+ | -

Torres odatda Chempionlar ligasida yaxshi o‘ynaydi, aynan u «Portu»ga qarshi bahsda g‘alaba keltiruvchi golni urgan. Umuman olganda, Ferran turnirdagi beshinchi golini urdi - atigi sakkizta o‘yinda. «Barsa» tarixida bu natijaga undan tezroq erishgan ispaniyalik yagona futbolchi Luis Enrike bo‘lib, 90 yillar oxirida unga yettita o‘yin yetarli edi.

Ferran bu mavsumda jami beshta gol urdi, bu Robert Levandovskidan bittaga kam degani. «Shaxtyor»ga qarshi bahsda o‘z golidan to‘qqiz daqiqada o‘tib Ferran Ferminga golli pas berdi. 20 yoshli Fermin uchun bu Chempionlar ligasidagi birinchi gol edi.

Fermin allaqachon La Ligada «Malyorka»ga qarshi bahsda gol urgan, shuningdek, mavsumoldi o‘yinida «Real» darvozasini ishg‘ol qilgan, ammo hozir u yangi darajaga chiqdi. Lopes hujumkor yarim himoyachi; u 2016 yilda kataloniyaliklar tizimiga qo‘shilgan, avvalroq Gavi bilan birga «Betis»da o‘ynagan. Ular yaqin do‘stlar va yaqin atrofda yashaydilar: «Gavi mening eng yaxshi do‘stim, biz kun bo‘yi birgamiz. U haddan tashqari impulsiv, lekin u yaxshi yigit», – dedi Fermin.

Yozda Fermin ijaraga berilishi mumkin edi, biroq Xavi bunga qarshilik qildi. Endi esa u doimo Lopesni maqtayapti: «U asosiy jamoaning bir qismi, o‘z imkoniyatlaridan unumli foydalanmoqda. Menga Ferminning o‘yinlari yoqadi, u hamma uchun syurpriz bo‘ldi. Menimcha, u bizga yordam bera oladi. Ko‘p yillar davomida «Barsa»ning asosiy futbolchisiga aylanishi mumkin. U eng yuqori saviyada o‘ynashga tayyor», – degandi Xavi. Ikkinchi bo‘limda «Shaxtyor» kataloniyaliklarning gollariga bitta to‘p bilan javob qaytardi. Italiya klublarida katta qiziqish uyg‘otayotgan Georgiy Sudakov gol urdi. Lekin hisobni tenglashtirish uchun ukrainlarda kuch qolmagan edi.

«Barsa» hamon mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda. Chempionlar ligasidagi masala deyarli hal bo‘ldi. Xavi jamoasi «klasiko»ga yaxshi formada yo‘l olmoqda.

● «Barselona» Chempionlar ligasining uchta o‘yinidan uchtasida g‘alaba qozondi. Faqat «Bavariya» va «Real» xuddi «Barsa» singari muammosiz o‘ynamoqda, oldinda «Shaxtyor»ga qarshi safar o‘yini kutib turibdi. Pley-offga chiqish masalasini to‘liq hal etish uchun «ko‘k-anorranglilar»da yaxshi imkoniyat bor.

● «Barsa» bu mavsumda hamon mag‘lubiyatga uchramadi - liga jamoalari o‘rtasidagi barcha turnirlarda faqat «Tottenxem», «Bayer» va «Nissa» bu ishni uddalagan.

● Kataloniyaliklar ketma-ket beshinchi bahsda bitta golli g‘alabani qo‘lga kiritishdi – ular sentyabr oyidagi 5:0 hisobidagi o‘yindan buyon yirik hisobdagi g‘alabalarni unutib qo‘ydi, ular La Ligada xuddi shunday hisobda «Betis»ni, uch kundan keyin esa Chempionlar Ligasida «Antverpen»ni mag‘lub etishdi.

«Shaxtyor»ga qarshi bahsning 75-daqiqasida Joau Feliks maydonni tark etishga majbur bo‘ldi, ammo unda jiddiy narsa yo‘q. Buni futbolchining o‘zi tasdiqladi: «Men yaxshiman, bu shunchaki tanadagi ko‘karish xolos. Endi tiklanish va keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish kerak», - dedi portugaliyalik o‘yinchi.

Maydonda u bo‘lmasa, «Real» bilan o‘yin o‘tkazish ancha qiyin bo‘ladi.

Kiritildi: 17:52, 26.10.2023.
O'qildi: 1309 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.