Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu 2023 yilda qanday statistikaga ega?

Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu 2023 yilda qanday statistikaga ega?

Baho:
+ | -

Messi va Ronaldu qarama-qarshiligi uzoq vaqt davom etdi. 2023 yildan boshlab bu afsonalar Yevropadagi sarguzashtlarini yakunlashdi. Hozir ulardan biri Saudiyada, boshqasi esa Amerikada.
2022 yilning so‘nggi haftalarida Messi futbol ommasi ko‘rgan eng buyuk o‘yinchi sifatida e’tirof etila boshladi. Negaki, u Argentinani jahon chempioni qildi. O‘zi esa Qatardagi mundialning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Ronaldu uchun bu davr og‘ir edi. Jahon chempionatida Portugaliya asosiy tarkibidan tushib qolgach, uning «MYU» bilan tuzgan shartnomasi bekor qilindi. Ronalduning o‘zi esa Saudiya Arabistoniga yo‘l oldi. Albatta, bu ikki dahoning faoliyatini kuzatish hamma uchun qiziq bo‘lyapti. Negaki, ular tez orada futbol bilan xayrlashadi.

O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida «PSJ»ning natijalari yomonlashib ketdi. Bu jamoa ichki chempionatda kutilmagan mag‘lubiyatlarga uchrab, YECHL va Fransiya kubogini erga tark etdi. Shunga qaramay, mavsum so‘nggida parijliklar mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgandi. Bu narsa Messi uchun yetarli bo‘lmadi. Argentinalik yarim himoyachi MLSga yo‘l oldi. 36 yoshli Messi «Inter Mayami» bilan gollar va assistlar amalga oshirdi va jamoasiga titul yutishda yordam berdi. Mayamidagi hayoti haqida Messi shunday degandi: «Ushbu shahardagi odamlar bizga doimo kuch beradi. Ularning qo‘llab-quvvatlovi bilan biz yaxshi natijalarga erishmoqdamiz. Har kuni uchrashadigan muxlislarim o‘ta quvnoq va shod. Shu sababli ham men bu yerda baxtli yashayapman».

Ronaldu ham allaqachon o‘zi borgan liga haqida gapirib ulgurdi.
«Menimcha, odamlar bu ligaga yanada ochiqroq ko‘z bilan qarashi kerak. Ha, Saudiya ligasini APLga qiyoslab bo‘lmaydi. Agar shunday desam, bu yolg‘on bo‘ladi. Ammo bu yerdagi futbol meni ijobiy jihatlari bilan hayron qoldira oldi. Ishonchim komilki, kelayotgan bir necha yilda bu liga dunyoning beshinchi yoki oltinchi eng saviyali musobaqasiga aylanadi», – degandi portugaliyalik hujumchi.

Ronaldu «An-Nasr»ga o‘tganidan beri yaqqol to‘purarga aylandi. Ammo uning klubi o‘tgan mavsumda titul qo‘lga kirita olmadi. Ammo Ronaldu jamoasi bilan Arab chempionlari kubogiga ega chiqdi.
Quyida 2023 yilda Messi va Ronalduning barcha musobaqalardagi statistikasini taqdim etamiz.

Lionel Messi
O‘yinlar: 42 ta
Daqiqalar: 3552
Gollar: 28 ta
Assistlar: 12 ta
Xet-trik: 1 ta
Jarima zarbasidan: 5 ta gol
O‘rtacha: har 88 daqiqada gol/assist

Krishtianu Ronaldu
O‘yinlar: 45 ta
Daqiqalar: 3937
Gollar: 43 ta
Assistlar: 10 ta
Penaltidan: 12 ta gol
Xet-triklar: 3 ta
Jarima zarbasidan: 3 ta gol
O‘rtacha: har 74.3 daqiqada gol/assist.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 10:15, 27.10.2023.
O'qildi: 10611 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик