Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

Ikkinchi fondagi hujumchilar

Ikkinchi fondagi hujumchilar

Baho:
+ | -

Har mavsumda jamoatchilik yulduz futbolchilarni, ularning muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklarini diqqat bilan kuzatib boradi. Ammo boshqa toifadagi futbolchilar ham bor. Ular mashhur klublarda o‘ynamaydi, lekin natija beradi. Keling top-klublarda o‘ynamaydigan sifatli futbolchilar haqida gapiramiz.

Seru Girassi (“Shtutgart”)

Girassi faoliyatidagi eng yaxshi mavsumni o‘tkazmoqda. Bundesligada atigi 8 ta o‘yinda 27 yoshli hujumchi allaqachon 14 ta gol urgan. Shuningdek, Germaniya kubogi o‘yinida bitta gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi. Gvineyalik futbolchi Bundesliganing eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatini Xarri Keynni 5 ta gol ortda qoldirib, peshqadamlik qilmoqda. O‘zining barcha to‘liq mavsumlarida Girassi joriy Germaniya chempionatining 8 ta uchrashuvidagi kabi ko‘p gol ura olmagan. Agar o‘yinchi shunday barqaror o‘ynashda davom etsa, top-klubdan taklif albatta paydo bo‘ladi.

Viktor Bonifase “Bayer”

Bundesliganing yana bir sermahsul vakili. Bonifase shu kungacha Germaniya chempionatining 8 ta uchrashuvida 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. To‘purarlik poygasida u Keyn va Girassidan keyingi o‘rinda turadi. Nigeriyalik futbolchi "Bayer"da bir necha oy o‘ynadi, biroq o‘zini uyidagidek his qilmoqda. Xabi Alonsoning tizimi futbolchiga juda mos tushdi. Bundesliganing dastlabki uchta uchrashuvida 22 yoshli hujumchi 2 ta dubl va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bonifase o‘z chiqishlari bilan Nigeriya terma jamoasiga chaqiruv oldi va u yerda ham gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Uolli Uotkins “Aston Villa”

Unai Emeri bosh murabbiy sifatida kelishi bilan Uotkins “Aston Villa” uchun muhim futbolchiga aylandi. Premyer-ligada o‘tgan mavsumda u 11 ta o‘yinda 11 ta gol urdi. 27 yoshli hujumchi ushbu mavsumda APLning 9 uchrashuvida 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Angliyalik futbolchi har mavsumda kamida 10 ta gol uradi. Barqarorlik forvard uchun muhim sifat bo‘lib, yuqori baholanadi.

Brayan Saragosa “Granada”

Saragosa 2019 yildan beri "Granada" tizimida va asta-sekin jamoa uchun muhim o‘yinchiga aylanib bormoqda. 22 yoshli vinger o‘tgan mavsumda “Granada”ga Segundani tark etishga yordam berdi. Joriy mavsumda u La Ligada 10 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urgan. Yosh ispaniyalik katta salohiyatga ega. Endi u ko‘proq mashhur futbolchilar bilan raqobatlashishga tayyor. Faqat Leroy Sane Saragosadan ko‘ra ko‘proq muvaffaqiyatli driblinglar qiladi. Brayanning jasoratli o‘yinlari unga oktyabr oyida Ispaniya terma jamoasiga chaqiruv olib keldi.

Santyago Ximenes "Feyenoord"

Ximenes "Feenoord" bilan ikkinchi muvaffaqiyatli mavsumini o‘tkazmoqda. Niderlandiya chempionatining joriy mavsumida 22 yoshli forvard 9 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urgan. Meksikalik futbolchi Pavlidis bilan birga Erediviziyada to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda. Ximenes yaqin kelajakda katta pul evaziga Niderlandiya chempionatini tark etishi mumkin bo‘lgan yana bir futbolchidir.

Kiritildi: 14:37, 27.10.2023.
O'qildi: 1147 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.