"Napoli" sport direktori Mauro Meluso neapollik futbolchilarning qishki transfer oynasida boshqa klublarga o‘tishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
"Bo‘lishi mumkin emas. Mutlaqo yo‘q. Tarkibimiz juda yaxshi va biz o‘zimizni xotirjam his qilamiz. Albatta, biz uni yaxshilashimiz mumkin, ammo bu haqda keyinroq gaplashamiz", - deya Meluso so‘zlarini keltiradi insayder Fabrisio Romano.
9 turdan keyin “Napoli” Italiya A seriyasida 17 ochko bilan beshinchi o‘rinda bormoqda.