Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese 0-2 Napoli
28/12 19:00 Sanderlend 1-1 Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas 0-1 Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya 1-1 Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa

Tennis. Darya Kasatkina 2020 yildan beri ilk bor mavsumni katta sovrinlarsiz yakunladi

Tennis. Darya Kasatkina 2020 yildan beri ilk bor mavsumni katta sovrinlarsiz yakunladi

Baho:
+ | -

Dunyoning 17-raqamli raketkasi, 26 yoshli rossiyalik tennischi Darya Kasatkina 2020 yildan beri ilk bor mavsumni WTA darajasidagi chempionlik unvonini qo‘lga kiritmasdan yakunladi.

Kasatkina WTA darajasidagi oltita turnir chempioni hisoblanadi. 2021 va 2022 yillarda Darya ikkitadan turnirda g‘olib chiqdi, bundan tashqari, 2021 yilda u Rossiya terma jamoasi tarkibida Billi Jan King kubogini qo‘lga kiritdi. Qolgan ikkita chempionlikni rossiyalik 2017 va 2018 yillarda qo‘lga kiritgan.

Kasatkina 2023 yilgi mavsumdagi eng yaxshi natijalariga Adelaida (Avstraliya)dagi WTA-500 qattiq qoplamali kortlarida va Istburne (Buyuk Britaniya)dagi WTA-500 maysali kortlarida erishgan bo‘lib, u yerda finalgacha chiqqandi.

Daryaning 2023 yildagi so‘nggi musobaqasi WTA kichik final turniri bo‘lib, u yerda tennischi yarim finalga chiqqan.

Kiritildi: 14:47, 28.10.2023.
O'qildi: 852 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.