Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Fakt. Anchelotti «el-klasiko»larni durang bilan tugatmagan

Fakt. Anchelotti «el-klasiko»larni durang bilan tugatmagan

Baho:
+ | -

Bugungi markaziy o‘yin uchun bahs tarixidagi tegishli statistik malumotlarni ko‘rib chiqamiz.

Agar "Barselona" g‘alaba qozonsa, Xavi o‘z uyida ketma-ket ikki o‘yinda "Real"ni mag‘lub etgan ikkinchi murabbiyga aylanadi.

Anchelotti «klasiko» o‘yinlarini durang bilan tugatmagani ajablanarli. Italiyalik murabbiy 13 o‘yinda 6 g‘alaba va 7 mag‘lubiyat qayd etgan.

Ikki murabbiy o‘rtasidagi kurashda Xavi 7 o‘yinda 4 marta g‘alaba qozongan.

"Barsa" so‘nggi 6 ta «klasiko» o‘yinida 4 marta g‘alaba qozongan bo‘lsa, "Real" safardagi 4 ta «klasiko»ning 3 tasida g‘olib kelgan.

Agar Bellingem gol ursa, ingliz futbolchisi La Ligadagi debyuti, Chempionlar Ligasidagi debyuti va «el-klasiko»dagi debyutida gol urgan birinchi madridlik futbolchiga aylanadi.

"Barsa"da jarohatlar tufayli barqarorlik yo‘qligiga qaramay Opta superkompyuteri ularni o‘yin favoriti sifatida ko‘rmoqda.

G‘alaba uchun 41,6%, Anchelottining birinchi durangi uchun 29%, "Real"ning g‘alaba qozonish ehtimoli uchun 29,4% belgilagan.

Kiritildi: 16:41, 28.10.2023.
O'qildi: 1316 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик