Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/09 00:00 Real Sosyedad 0-0 Selta
04/09 18:00 Bunyodkor 0-1 Surxon
04/09 19:00 Navbahor 1-1 Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf 6-2 Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor 3-0 Andijon
04/09 23:45 Jenoa 1-4 Komo
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter 3-2 Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
05/09 23:45 Roma - Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya

Lazer nuri ham cho‘t emas...

Lazer nuri ham cho‘t emas...

Baho:
+ | -

Yevro-2024 saralashi 8-turidan o‘rin olgan Gresiya - Niderlaniya o‘yiniga e’tibor juda kuchli edi.

Agar yunonlar o‘z maydonlarida g‘alaba qozonishganida kelasi yili Germaniyada bo‘ladigan qit’a chempionati tomon katta qadam tashlardilar. O‘z navbatida, mag‘lubiyat emas, hattoki, durang ham Ronald Kuman shogirdlarini Yevro-2024 tomoshabiniga aylantirardi katta ehtimol.

Gresiya - Niderlaniya o‘yini davomida yunonlar o‘z jamoalari ijobiy natijaga erishishiga hissa qo‘shish uchun imkoni boricha harakat qilishdi, ammo hammasi zoye ketdi. Mehmonlar Virjil van Deykning 90+3-daqiqada penaltidan urgan yagona goli evaziga ortga g‘alaba bilan qaytishdi. Shu tariqa «V» guruhidagi holat mavhumligicha qoldi: oxirgi tur oldidan Niderlandiya va Gresiya termalari ochkolari soni tenglashdi (12tadan). 

O‘yindagi bitta holat ko‘pchilik e’tiboridan chetda qolmadi, albatta. Virjil van Deyk penalti tepishga chog‘langan pallada gresiyalik muxlislar unga lazer nurini to‘g‘rilash va kuchli hushtakbozlik vositasida xalaqit berishga urinishdi. Lekin «Liverpul» himoyachisi bundan esankirab qolmadi va penaltini sovuqqonlik bilan golga aylantirdi. Xullas, yunonlarning barcha urinishlari besamar ketdi. Tabiiyki, endi ijtimoiy tarmoqlarda Virjil van Deykni rosa maqtashmoqda: 

- Gresiyalik fanatlar van Deykni lazer nurlari bilan qo‘rqitmoqchi bo‘lishdi, lekin bu hiylalari ish bermadi.

- Virjil Van Deyk. 93-daqiqa. Xotirjam va e’tiborli. Lazerlar bu xotirjamlikni buzishga yetarli emas.

-  Van Deyk qoyilmaqom zarba bilan gresiyalik muxlislar qalbini parchaladi. Bu - lazer nuri yordamida uni chalg‘itishni o‘ylaganlarga qaratilgan zarba!

- Van Deyk - o‘yin qahramoni. 93-daqiqa, safar o‘yini, ko‘ziga to‘g‘rilangan lazer nurlari, haqorat va shovqin. Muhimi, futbolchida gol urishiga zarracha shubha yo‘q edi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 20:45, 28.10.2023.
O'qildi: 1791 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик