Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

Mikel Arteta "Arsenal"ga kelib kashf qilgan besh futbolchi. Ularning kimligini bilasizmi?

Mikel Arteta "Arsenal"ga kelib kashf qilgan besh futbolchi. Ularning kimligini bilasizmi?

Baho:
+ | -

Mikel Artetaning murabbiy sifatidagi darajasini uning kashf etgan futbolchilari misolida ko‘rishingiz mumkin. 41 yoshli mutaxassis o‘ziga berilgan "xomashyo"ni yuqori darajaga ega yulduzlarga aylantira oldi. Quyida Arteta "Arsenal"ida yuqori darajaga chiqqan futbolchilar haqida so‘z boradi.

Deklan Rays

Rays "Vest Xem"da jamoa yuragi edi. Aynan uning harakatlari bilan bolg‘achilar o‘tgan mavsumda Yevropa chempioniga aylandi. Agarda "Arsenal" Raysning sifatlarini aniq bilmaganida, uni sotib olmagan bo‘lardi. 25 yoshli yarim himoyachi "to‘pchilar" safiga endigina o‘tganiga qaramay, allaqachon Arteta jamoasida o‘z o‘yinini keyingi darajaga ko‘tara oldi.
"Keyingi to‘rt haftada men futbolchi sifatida yaxshigina o‘sdim. Bu jamoada men futbol haqida o‘zimga qorong‘u bo‘lgan ko‘plab naralarni o‘rganayapman", – deydi Angliya terma jamoasi a’zosi.

Martin Edegor

Mikel Arteta qurayotgan jamoaning o‘zaklaridan biri bu Edegordir. Norvegiyalik o‘z faoliyatida uzoq yillik sargardonliklardan keyin, vanihoyat haqiqiy uyini topdi deyish mumkin. Edegor olti yil "Real" futbolchisi sifatida Yevropani turli klublarida o‘ynadi. Ammo madridliklar safiga kira olmadi. "Arsenal"dagi ijara muddati omadli bo‘ldi va London klubi uni butunlay sotib oldi. Negaki, Arteta Edegorda kelajakni ko‘ra olgan. Hozir uning jamoa uchun ahamiyati beqiyosdir.

Vilyam Saliba

"Arsenal" 2019 yilda yosh himoyachi sotib oladi. Saliba London klubiga o‘tganidan keyin o‘z imkoniyatini uzoq vaqt kutib, ijaralarda yurishiga to‘g‘ri keldi. Fransiya terma jamoasi a’zosining "Sen-Etyen", "Nissa" hamda "Marsel"dagi uch yili ko‘rsatdiki, Arteta ixtiyorida ajoyib futbolchi bor. Shu sababli o‘tgan mavsum Saliba zudlik bilan jamoaga qaytarildi va asosiy tarkibga kirdi. O‘tgan yozda Saliba "Arsenal" bilan 2027 yilga qadar o‘z shartnomasini uzaytirgandi. Bu ishda Artetaning xizmatlari beqiyos.

Aron Ramzdeyl

Arteta jurnalistlarning Ramzdeylni zaxirada qoldirish haqida bergan savoliga shunday javob bergandi: "Bu savol menga berilmasligi kerak. Men uni qanday sifatlarga ega va qo‘lidan nimalar kelishini yaxshi bilaman. Aynan men uni jamoaga olib kelganman. U payt bu ishim uchun ko‘pchilik meni malomat qilgandi". Artetaning gaplarida jon bor. 2021 yilda u tavakkal qilib, ikki bor APLdan tushib ketgan Ramzdeylni sotib oladi. Ammo bir mavsum ichida darvozabon nimalarga qodir ekanini ko‘rsata oldi. Ha, hozir u zaxirada o‘tiribdi. Ammo, aniqki, aynan Arteta sababli Ramzdeylning darajasi butunlay yuqoriladi.

Leandro Trossard

Belgiyalik vinger hali "Arsenal" safida to‘laqonli asosiy tarkib vakiliga aylana olmadi. Ammo Trossard ajoyib xaridlardan biri bo‘ldi deyish mumkin. U o‘tgan mavsumda asosan zaxiradan maydonga tushib, 10 ta golda bevosita ishtirok etgandi. Trossard Arteta jamoasida o‘rtacha har 89 daqiqada bu ishni qilmoqda. "Brayton" safida Trossard bu borada 142 daqiqalik ko‘rsatkichga ega bo‘lgan. Potter davrida esa bu statistika 236 daqiqagacha tushib ketgandi. Shunday ekan, Arteta 29 yoshli hujumchini yaxshilay olgan.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 22:00, 28.10.2023.
O'qildi: 1398 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.