"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes yarim himoyachi Gavining "El-Klasiko"dagi o‘yinini yuqori baholadi.
“Gavi ajoyib o‘yin o‘tkazdi, u fantastik o‘ynadi. Men uni jamoaning ruhi deb bilaman. Bugun u ko‘proq himoyaviy o‘yinchidek harakat qildi, lekin o‘zini juda yaxshi ko‘rsatdi. U bizning o‘yinimizga shiddat olib keladi, bu juda muhim", - deya kataloniyalik mutaxassis so‘zlarini keltiradi Marca.